O‘zbekiston | 08:48 / 01.05.2021
6444
2 daqiqa o‘qiladi

Xotin erini qo‘rqitib qo‘yish uchun bosqinchilar yolladi

Foto: Tergov departamenti

To‘raqo‘rg‘onlik ayol erining boshqa ayollar bilan xiyonat qilib yurgani bois uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida bir necha shaxsni yollagan

2021 yilning 26 aprel kuni soat 01:00 larda To‘raqo‘rg‘on tumani Baxt mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash hovlisiga noma'lum shaxslar yuzlariga qora rangli niqob kiygan holda kirib, uxlab yotganidan foydalanib, unga tayoq bilan hujum qilishadi, uni urayotgan vaqtlarida fuqaro faol qarshilik ko‘rsatgan, so‘ngra bosqinchilir unga tegishli “Honor note-7” rusumli telefon apparatini olib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, ushbu jinoyatni fuqaroning turmush o‘rtog‘i 53 yoshli A.M.ning buyurtmasiga asosan jiyani 22 yoshli M.N. tanishi 21 yoshli B.Sh. bilan sodir qilgani, A.M. turmush o‘rtog‘i ayollar bilan ishqiy munosabatga kirishib unga xiyonat qilayotgani sababli qo‘rqitib qo‘yish maqsadida buyurtma bergani aniqlangan va M.N.dan “Honor note-7” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid