Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati hokimiga yana bir o‘rinbosar va viloyat hokimligi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Azamat Avazov Qashqadaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Azamat Avazov 1986 yil Koson tumanida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Malayziyaning «Lincoln University» magistraturasini tamomlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Ravshanov Rinat Meyliyevich viloyat hokimligi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti lavozimiga tayinlangan. U bungacha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli vagon deposi huquqshunosi vazifasida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari ham tayinlangan. Avval Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Nodir Erkayev viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Ma'lumot uchun, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev koronavirus yuqtirgan va ayni damda Toshkent shahrida davolanmoqda.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: AQSh muzokarachilari Moskvaga jo‘nab ketdi
Jahon | 08:21
-
Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi
O‘zbekiston | 07:59
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
-
Putin Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan beri birinchi marta Kursk oblastiga bordi
Jahon | 03:16
Mavzuga oid

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

18:31 / 11.03.2025
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

14:43 / 11.03.2025
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

19:30 / 04.03.2025