Koronavirus: O‘zbekistonda yana bir bemor vafot etdi, shifoxonaga yotqizilganlar soni 2400dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonning barcha hududlarida jami 345ta yangi kasallanish holati qayd etilgani va bir bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 22 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 88 280 (+345) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 5 nafari Andijon viloyatida,
- 9 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 34 nafari Samarqand viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 58 nafari Toshkent viloyatida,
- 206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
- Buxoro viloyatida 6 nafar,
- Jizzax viloyatida 4 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 5 nafar,
- Samarqand viloyatida 20 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 8 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
- Toshkent viloyatida 32 nafar,
- Toshkent shahrida 134 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85232 (+225) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 641 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni 2407 nafarga yetgan, shundan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Baydenning ayrim shaxslarni afv etishi - haqiqiy emas
Jahon | 09:04
-
Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish tadbirlari o‘tkazilmoqda
Jamiyat | 08:40
-
Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqchi
Jahon | 08:30
-
IPI "Ozodlik radiosi" va AQShning boshqa ommaviy axborot vositalarini himoya qilib chiqdi
Jahon | 08:21
Mavzuga oid

11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi

10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi

11:15 / 02.12.2022