Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish tadbirlari o‘tkazilmoqda
OIV infeksiyasi tushunchasini chuqurroq singdirish maqsadida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’ruzalar, davra suhbatlari, yakka tartibdagi anonim do‘stona suhbatlar, shuningdek, aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish uchun bepul aksiya tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Getty images
Aholi o‘rtasida OIV infeksiyasining tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini muhofaza qilish, ushbu kasallik bo‘yicha tibbiy madaniyat va tushunchani oshirish maqsadida OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda.
OIV infeksiyasi tushunchasini chuqurroq singdirish maqsadida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’ruzalar, davra suhbatlari, yakka tartibdagi anonim do‘stona suhbatlar, shuningdek, aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish uchun bepul aksiya tadbirlari o‘tkazilmoqda.
OIV infeksiyasining parenteral yo‘l bilan yuqishi va OIV infeksiyali onadan bolaga yuqishini oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tibbiyot xodimlari o‘rtasida o‘qitish ishlari olib borilmoqda hamda sohaga oid amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.
OIV infeksiyasi aniqlangan fuqaro o‘z statusini bila turib boshqa fuqaroni yuqish xavfi ostida qoldirishi yoki unga OIV/OITS kasalligini yuqtirgani aniqlangan holatda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi haqida Jinoyat kodeksining 113-moddasida belgilangan. Ushbu qonun talablariga muvofiq, OITSga qarshi kurashish markazlarining mutaxassislari bemorlarni rasman ogohlantirdi.
«Fuqaro sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonunning 45-moddasiga ko‘ra: «Fuqaroning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, kasalligiga qo‘yilgan tashxis hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa ma’lumotlar shifokor sirini tashkil etadi. Shifokor siri hisoblangan ma’lumotlardan o‘qish hamda kasb-korga, xizmatga doir va boshqa xil vazifalarni bajarish paytida xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning bu ma’lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasiga oid asossiz va norasmiy ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

10:33 / 10.06.2025
90 kundan ortiq chet elda bo‘lgan fuqarolar majburiy ravishda OIVga tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin

23:55 / 26.11.2024
Dunyoda OIVga chalinish va undan o‘lim 12 yil ichida keskin kamaydi - tadqiqot

13:50 / 22.10.2024
Olimlar OIV bilan kasallangan odamlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish xavfsizligini isbotladi

18:21 / 18.10.2024