Yevropa ittifoqi uchun Pfizer vaksinasi keskin qimmatlagani ma'lum qilindi

Foto: EPA
Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasining Yevropa ittifoqi uchun narxi 12 yevrodan 19,5 yevrogacha ko‘tarilib ketdi. Bu haqda Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, Yevrokomissiya 2022 va 2023 yillar uchun Pfizer vaksinasining aynan shu narxda yetkazilishi bo‘yicha shartnomalarni imzoladi.
Borisov bu haqida ikki oy ichida Bolgariyaga Pfizer vaksinasidan 2,7 mln doza yetkazilishini ma'lum qilishi vaqtida aytib o‘tdi.
“Dastlab Pfizer vaksinasi narxi 12 yevro edi. So‘ngra 15,50 yevrogacha ko‘tarildi. Hozir esa 900 mln doza vaksinani 19,50 yevrodan yetkazishga shartnomalar imzolanmoqda”, deb aytgan Bolgariya bosh vaziri.
“Hozir biz koronavirusning fransuzcha variantidan ko‘proq qo‘rqmoqdamiz. Virusning yana ko‘p variantlari bo‘ladi. 19,50 yevrodan 900 mln doza deyarli 18 mlrd yevroga aylanadi”, deb qo‘shimcha qilgan Borisov.
Ta'kidlanishicha, vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar talabiga ko‘ra, Yevropa ittifoqida sotib olinayotgan vaksinalarning narxi oshkor qilinmayapti.
Mavzuga oid

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

00:49 / 08.12.2024
Vengriya va Polsha Yevrokomissiya rahbariga qarshi sud jarayonlariga qo‘shildi

16:51 / 25.11.2024