«Yuksalish» rahbari: «Prezidentni haqoratlaganlik uchun javobgarlik avval ham bor edi»
O‘zbekistonda prezidentni internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangani haqida xabar berilgan edi. «Yuksalish» umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov qonunga ushbu o‘zgartirishning kiritilishi so‘z erkinligiga tahdid sifatida talqin qilish kabi manipulyativ harakatlar ham kuzatilayotgani sababli bu mavzuga to‘xtaldi.
«Prezidentni haqorat va unga tuhmat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik avval ham bor edi. Yangi qonunga zamon talabiga ko‘ra, faqat ‘telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda’ degan ibora qo‘shimcha qilingan xolos», — deydi deputat.
Uning ta'kidlashicha, Konstitutsiyaga ko‘ra, nafaqat Prezident yoki biror davlat xizmatchisi, balki har bir insonning hayoti, sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun ham, mansabidan qat'i nazar, har bir insonni haqorat qilganlik va unga tuhmat qilgan uchun ma'muriy javobgarlik o‘rnatilgan, og‘irlashtiruvchi holatlarda ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun esa jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
«Biz Prezidentlik respublikasimiz va prezident institutining nufuzi davlat va xalqning nufuzi bilan bevosita bog‘liq. Konstitutsiyaga ko‘ra prezidentlik — O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib boradigan institut hisoblanishini, Prezidentning shaxsi daxlsiz ekanligini ham unutmaslik lozim. Ya'ni Prezident konstitutsiyaviy maqomga ega», — degan Bobur Bekmurodov.
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi, shuningdek, xalqaro amaliyotda rivojlangan demokratiyalarda ham bu borada qat'iy javobgarlik mavjudligini bildirib o‘tgan.
Uning aytishicha, Polshada prezidentni omma oldida haqorat qilish 4 yilgacha qamoq jazosi, Germaniyada prezidentni omma oldida haqorat qilganlik uchun 3 oydan 5 yilgacha qamoq jazosi va jarimalar, Kanadada davlat rahbariga tuhmat qilish yoki shunday mazmundagi postlar uchun 14 yilgacha qamoq jazosi, Niderlandiyada monarx, uning rafiqasi va vorisini haqorat qilish 5 yilgacha qamoq jazosi, Turkiyada prezidentni haqorat qilganlik uchun 1 yildan 4 yilgacha qamoq jazosi belgilanadi va jahon mamlakatlari tajribasida bu normal amaliyot hisoblanadi.

Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

18:51 / 11.06.2025
Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda-chi? Ichimlik suvi ta’minotida keng ko‘lamli kamchiliklar aniqlandi

13:32 / 16.05.2025
So‘rovnoma: Toshkentga qanday bog‘lar kerak?

11:11 / 09.05.2025
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi

18:29 / 26.03.2025