Saudiya Arabistoni Ramazon munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi
Saudiya Arabistonining «Podshoh Salmon» nomidagi insonparvarlik yordami markazi tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan xayriya sifatida O‘zbekistonga 50 tonna xurmo topshirildi. Bu haqda «Vaqf» xayriya jamoat fondi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu xayriya yordami 23 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi, «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng topshirilgan.
Xurmolarni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Hishom ibn Mish'al ibn Suvaylim O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovga topshirdi.
«Vaqf» fondi ushbu xurmolarni Ramazon oyi arafasida O‘zbekistondagi diniy tashkilotlar, masjidlar, diniy ta'lim muassasalariga xayriya sifatida tarqatishni rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

10:33 / 11.03.2025
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

16:37 / 10.03.2025
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

19:00 / 07.03.2025
Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!

21:44 / 04.03.2025