Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!
Saudiya Arabistoni - har qanday didga mos keluvchi turni tanlashingiz mumkin bo‘lgan yangi yo‘nalishdir.

Foto: Saudi Welcome Arabia
Nafis dam olishni sevuvchilar uchun: Rixos Obhur Jeddah.
Agar sizning ideal dam olishingiz - hashamatli mehmonxonalar, plyajlar va spa-muolajalarni o‘z ichiga olsa, Rixos Obhur Jeddah ideal tanlovdir. Bu Qizil dengiz sohilidagi besh yulduzli kurort: okeanning panoramik manzarasiga ega keng villalar, oq qumli xususiy plyaj, yuqori toifadagi restoranlar va SPA markazi.
Bu yerda siz suv manzarasi ko‘rinib turadigan terassada ertalabki qahva ichishingiz yoki go‘zal qirg‘oq bo‘ylab sayr qilishingiz mumkin.
Kruizni orzu qilganlar uchun: Aroya
Saudiya Arabistonidagi birinchi kruiz layneri Aroya bortida o‘zingizni romantik film qahramoni kabi his qilishingiz mumkin. Bu yerda panorama ko‘rinishga ega lyuks toifadagi kayutalar, ochiq hovuzlar va quyoshli terassalar, kechki shoular, jonli musiqa va jahon sahnalari bilan bahramand bo‘lasiz.
Ushbu kruiz - 8 martni mutlaq relaks muhitida dam olish va nafis xizmat muhitida nishonlashning zo‘r variantidir.
Sarguzasht izlovchilar uchun: Farasan orollari
Dam olish va hayajonli kashfiyotni birlashtirishni yaxshi ko‘radiganlar uchun Farasan orollari haqiqiy jannatdir. Qizil dengizdagi bu arxipelag o‘zining ajoyib tabiati va shnorkeling hamda dayving uchun ideal bo‘lgan tiniq suvi bilan mashhur. Marjon riflarini o‘rganish, dengiz jonivorlarining noyob turlari bilan tanishish, an’anaviy arab qayig‘ida sayr qilish, mo‘jizaviy quyosh botishini tomosha qilish - barcha narsani unutib, har lahzadan zavqlanish uchun yana nima kerak?
Tarixga qiziquvchilar uchun: Qadimgi Diriya
Saudiya Arabistonining o‘tmishiga sho‘ng‘ish, uning atmosferasi va his qilish uchun Saudiya Arabistonining tarixiy poytaxti Diriyaga tashrif buyurishingiz kerak.
U YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy At-Turayf shahrining maftunkor ko‘chalari, o‘ziga xos kafe va hunarmandchilik do‘konlari bilan tashrif buyuruvchilarni quvontiradi. Kechki sayrlarda esa rang-barang shoularni tomosha qilishingiz mumkin.
Saudiya Arabistoni taassurotlar dabdabasi, tarixning jozibasi va dengiz sehridir. Ideal marshrutni tanlang va yaqinlaringizga ular qayta-qayta eslashni xohlaydigan sayohatni taqdim eting. Bu mart o‘zgacha bo‘lsin!
Telefon: +998 78 120 88 08
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

22:01 / 13.05.2025
AQSh va Saudiya Arabistoni 600 mlrd dollarlik kelishuvga erishdi

15:27 / 13.05.2025
Donald Tramp Saudiya Arabistoniga keldi

08:20 / 13.05.2025