«Butun umr futboldan chetlatishsa chetlatishsin! Hakamlarga pul bermasangiz, "chopib" tashlashadi» - «Turon» bosh murabbiyi hakamlarning qing‘irliklari haqida achchiq gaplarni aytdi

Superliga 2-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» - «Turon» (1:0) uchrashuvida bosh hakam Viktor Serazetdinov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘p mehmonlar himoyachisining yuziga tekkaniga qaramay, hakam vaziyatni qo‘l bilan o‘ynash deb baholab, Jizzax klubi foydasiga penalti belgiladi. Yakunda ushbu vaziyat «Turon»ning mag‘lubiyati bilan tugadi.
O‘yindan keyin jurnalistlar bilan intervyuda vodiyliklar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o‘zbek futbolidagi hakamlarning qing‘ir ishlari haqida asabiy ruhda gapirdi. Championat.asia sayti matbuot anjumanidan videoni e'lon qildi.
«Avvalo, «So‘g‘diyona» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, endi nima «Turon»ni aybi Superligaga chiqqanimi? Yoki hakamlarga pul bilan chiqmayotganimi? Bu narsani o‘tgan ikki o‘yinimizdan buyon umuman tushunib bo‘lmayapti. Bugungi vaziyatda to‘p futbolchining boshiga tekkanini butun dunyo, butun O‘zbekiston ko‘rib turibdi, hakam esa to‘p futbolchini boshiga tekkaniga penalti belgilayapti.
Mana hozir o‘sha hakam kiyinish xonasiga kirsin, futbolchilar yig‘lab o‘tiribdi. Bularga qachon chora ko‘riladi? Qachongacha bunga chidash mumkin? Tozalaymiz deyishyapti, shumi tozalashayotgani?! Kelib ko‘mib ketmoqda. Ikkita turdan buyon umuman futbol yo‘q, faqat hushtak chalish bilan o‘yin o‘tmoqda. 70-80 nafar odam oilasini boqaman, deb tinim bilmayapti. Bular esa qachongacha shunday ishlashadi? Uchta odam maydonda jamoani «kallasini olib tashlayapti». O‘zbekistonda shumi adolat? Qani bu yerda adolat? Qachongacha korrupsiyaga qarshi kurashish mumkin. Halol o‘yna deyishdi hammaga, biz halol o‘ynayapmiz, hakamlarga chiqayotganimiz yo‘q, mana ahvol! Pul bilan chiqmasangiz kallangizni olib tashlaydi! Kim chora ko‘radi bularga?
Mayli, butun umrga futboldan chetlatishsa chetlatishsin! Lekin kimdir oxirigacha kurashishi, oxirigacha borishi kerak. Raqib futbolchisini qo‘liga ikki bor to‘p tegdi. Hakam esa unga indamay, butun o‘yin davomida darvozamiz oldini poylab o‘tirdi. O‘yinni boshidan beri 5ta sariq kartochka berildi. Undan ko‘ra, o‘yindan oldin kelib, «bugun kallangni olib tashlayman», desin ovora bo‘lib chiqmaymiz. Mayli, yosh murabbiyman, ko‘chadan ish topib olaman. Ammo jamoa nima qiladi? Jamoa g‘alaba qozonsa, mukofot puli olaman, oilamga olib boraman, deb kutib yashamoqda. Hamma og‘zida gapiradi, amalda esa hech narsa yo‘q.
Hakam o‘ynashga qo‘yib berdimi, deb savol bering avval. Bu qanday futbol? Bunday ahvolda futbol haqida qanday gapirish mumkin? Hakam sizga o‘yin bermasa, qanday o‘ynash kerak? Qani futbol?», - deya qattiq ohangda gapirdi «Turon» bosh murabbiyi Islombek Ismoilov.
Ma'lumot uchun, bu bahsdan keyin «Turon» Superligada so‘nggi o‘ringa tushdi, «So‘g‘diyona» esa 6 ochko bilan Superliga peshqadami bo‘lib oldi.
PFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ham bu borada o‘z fikrini bildirdi.
«Superligada VAR ishlaydigan o‘yinlar sonini ko‘paytirish ustida ishlaymiz. Keyingi safarimiz birinchi galda Yaypanga bo‘ladi. Boisi «Turon» bugun hakamlikdan aziyat chekkan bo‘lsa, bir necha oydan buyon soliq organlari sabab aziyat chekmoqda. Bu ketishda misqollab yig‘ayotgan xususiy klublarimizni ham yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin.
Biz bir yil avval o‘xshash mavzu yuzasidan «Turon» bilan birgalikda sudda yonma-yon ishtirok etgandik. Bundan keyin ham «Turon», «Andijon», «Yangiyer», «Istiqlol» kabi klublarni qo‘limizdan kelganicha himoya qilamiz. Aynan shunday klublar futbolimiz ertasini belgilab berishi mumkin.
«Turon» katta futbol uchun katta chiqim qildi. Uning boshqaruvida bu kabi muammolarga tayyor insonlar bor. Biz shunday muammolardan keyin qo‘l siltab ketishimiz emas, ularga qarshi birga kurashishimiz kerakligini ular yaxshi tushunib turishibdi», - deya yozadi PFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi kanalida.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Denov tuman sudi sobiq raisiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
O‘zbekiston | 13:49
-
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi
Jahon | 13:10
-
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti
Jahon | 12:56
Mavzuga oid

11:31 / 26.05.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasining JCh guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

12:23 / 25.04.2025
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi

15:51 / 21.04.2025
Prezident o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi

14:08 / 14.04.2025