Fotograf o‘n ming pingvin bilan birga o‘tkazgan oylarini suratlarga muhrladi
Germaniyalik fotosuratchi va kinorejissyor Stefan Kristman ikki qishni Antarktidadagi Atka ko‘rfazida, 10 ming imperator pingvinlari koloniyasida o‘tkazdi.

Foto: STEFAN CHRISTMANN
BBC’ning Devid Attenboro tomonidan suratga olingan «Dynasties» («Sulolalar») deb nomlangan hujjatli filmida tasvirchi yordamchisi bo‘lib ishlagan Kristman o‘zining «Penguin: A Story of Survival» («Pingvin: omon qolish haqida hikoya») nomli kitobida Antarktidada olgan ba'zi fotosuratlarini e'lon qildi.
Kristman Antarktidadagi ilk qishini 2012 yilda – Alfred Vegener institutida geofizik bo‘lib ishlagan kezlarida kechiradi. U qariyb 15 oyni Atka ko‘rfazi yaqinida joylashgan va har yili minglab imperator pingvinlari to‘planuvchi institut stansiyasida o‘tkazadi.
Fotosuratchi Antarktidada kechgan kunlarini «nihoyatda hayajonli va ayni paytda zerikarli» deb ifoda etdi: «Stansiya juda katta va zamonaviy. Shu bois, odatiy hayot tarzida biror narsani sog‘inishingizga hojat yo‘q. Boshida hammasi juda yangi va hayajonli tuyuladi. Ammo keyin do‘stlaringizni, oilangizni va kundalik yumushlaringizni sog‘inasiz».
«Eng yomoni, ba'zan bir necha haftalab davom etuvchi va stansiyani belanchakday tebratuvchi bo‘ronlardir. Bunday kunlarda kishi o‘zini xuddi qamoqqa tushib qolganday his qiladi. Ammo bu – stansiya hayotining bir qismi ekanini, yomon kunlar yaxshi kunlarning qadrini oshirishini anglaysiz».
Kristman 2016 yilda BBC Natural History guruhidagi ikki hamkasbi bilan «Dynasties» («Sulolalar») serialini suratga olish uchun Antarktidaga yana qaytib keladi.
«Kimdir bilan yoki hech qachon», deydi Kristman Antarktidada yolg‘iz qishlash qarori haqida.
Fotosuratchining aytishicha, pingvinlarning bir joyga to‘planish «marosim»i sovuqqa qarshi maxfiy qurol bo‘lib, u omon qolishning o‘ziga xos strategiyasidir.
«Ulkan bir inkubator maxanizmi kabi harakat qiluvchi pingvinlar oldilaridagi sheriklarining yelkasiga boshlarini suqib, bir-birlariga juda yaqin holda turishadi. Natijada birlashgan tanalar shunday bir harorat yaratadiki, to‘da markazida u hatto 37 darajaga yetishi mumkin», deydi Kristman.
Kristman va uning jamoasi filmni suratga olish paytida kamuflyaj kiyimlar kiyishmagan. Aksincha, ular yo‘qolib qolishlari mumkin bo‘lgan vaziyatlarda oson topilishlari uchun qizil kamzullarni ma'qul ko‘rishgan.
«Ular (pingvinlar – tahr.) uchun quruqlikdan hech qanday xavf yo‘q. Havodagi qushlar, dengizdagi tyulenlar va orkalar ularni ovlashi mumkin», deydi Kristman. Uning ta'kidlashicha, imperator pingvinlari qizil libosli odamlarga ko‘nikib qolishgan.
Suratkashning aytishicha, pingvinlar issiqlikni saqlash uchun bir joyga to‘planishgan payt yetarli darajada isinib olgan pingvinlar ularning orasidan ajralib chiqib, ekspeditsiya a'zolarini «kutib olgan». «Biz bu pingvinlarni «kutib olish qo‘mitasi» sifatida qabul qildik», deydi Kristman.
Kristmanning ta'kidlashicha, imperator pingvinlari ayrim odamlar tomonidan karnay deb ta'riflangan o‘ziga xos xarakterdagi ovozga ega. «10 ming pingvinning jo‘r ovozi juda ham ajoyib. Bu – dunyoning ovloq burchagida, yashash mumkin bo‘lmagan joyda tiriklikka da'vatdir, shu bois ham uchun men uchun ajoyib simfoniya u», deydi Kristman.
Iqlim inqirozi tufayli isigan okean oqimlari muzliklarni eritishda davom etmoqda. «Afsuski, bizning tanlovimiz va atrof-muhitga o‘tkazayotgan ta'sirimiz inson populyatsiyasi mavjud bo‘lmagan olis ekotizimlarga ham sezilarli darajada ta'sir qilmoqda», deydi Stefan Kristman.
«Pingvin: omon qolish haqida hikoya» kitobi teNeues yorlig‘i ostida nashr etildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda Isroil hujumlari qurbonlari soni 224 nafarga yetdi - Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jahon | 07:12
-
Erondagi Fordo yadroviy markazi yaqinida zilzila kuzatilgan
Jahon | 07:06
-
Eron Isroil hujumlari tugamaguncha otashkesim bo‘yicha muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi
Jahon | 06:56
-
Navbatdagi hujumlar: har ikki tomonda o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 06:52
Mavzuga oid

21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi

20:10 / 23.03.2025
Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

13:34 / 07.03.2025