Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ular shunchaki otib tashlashmoqda». Myanmada xaos: nishonga olib otishlar va o‘nlab qurbonlar
Myanmada namoyishlarni shafqatsizlik bilan bostirish davom etmoqda, fevral oyi boshidan buyon harbiylar tomonidan o‘ldirilganlar soni 50dan oshdi: BMTning Myanmadagi maxsus vakilining so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni yana 38 kishi o‘ldirilgan. Namoyishchilar va kuzatuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, politsiya namoyishchilarni tarqatishda kundan kunga shafqatsizlik qilmoqda.
«Mamlakatning yirik shaharlari Tyananmen maydoniga aylandi», deya yozgan tvitterda Yangon shahri arxiyepiskopi, kardinal Charlz Maung Bo. U mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan voqealarni 1989 yilda Pekinda talabalarning isyoni qattiqqo‘llik bilan bostirilganiga qiyoslagan.
BMT bosh kotibining Myanma bo‘yicha maxsus vakili Kristin Shraner-Burgener chorshanba kunini mamlakatda fevral oyidan buyon kuzatilgan «eng qonli kun» deb atadi.
Kuzatuvchilar, namoyishchilar va jurnalistlar politsiyachilarning xatti-harakatlari Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) vakillari harbiylar bilan o‘tkazgan muzokaralardan keyin yanada tajovuzkor bo‘lib qolganini qayd etishmoqda. Seshanba kungi videoaloqa orqali o‘tkazilgan uchrashuvda Myanmaning yangi tayinlangan harbiy vaziri qatnashgan. Harbiylar ta'siridagi telekanallar xabarlarida «u mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashgani» aytilgan.
ASeAN diplomatlari bir ovozdan Myanmaning harbiy hukumatini namoyishchilarni otishni to‘xtatishga chaqirishgandi, ammo barcha ham mamlakatning fuqarolik davri hukumati rahbarlari, shu jumladan, «Demokratiya uchun milliy liga» partiyasi rahbari Aung San Suu Ki va prezident Vin Minni ozod etish talabi bo‘yicha yakdil bo‘lishmagan. Reuters xabariga ko‘ra, ASeAN a'zolaridan faqat to‘rt davlat - Indoneziya, Malayziya, Filippin va Singapur ularni ozod qilish va demokratik yo‘l bilan saylangan parlamentni qaytarish talabini qo‘yishgan.
An'anaga ko‘ra, mintaqaviy guruhning 10 a'zo davlati bir-birining ichki ishlariga aralashmaydi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha bayonot 2021 yilda tashkilotga raislik qilayotgan Bruney vakili tomonidan berildi, unda generallar zo‘ravonlikni to‘xtatish va tinchlikka erishish uchun muzokaralar boshlashga chaqirilgan. Bu tashkilot a'zolarining qo‘shma bayonoti bo‘lgan.
Fuqarolik bo‘ysunmaslik harakati tomonidan uyushtirilgan namoyishlar Myanmaning ko‘plab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda. BBC’ning Janubiy-Sharqiy Osiyo bo‘yicha korrespondenti ma'lumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni Mandalay va Monivada o‘ldirilganlarning aksarining boshidan otilgan, bu esa harbiylar namoyishchilarni nishonga olib otayotganidan darak beradi.
Shu kuni mamlakatning eng yirik shahri Yangonda politsiya tumanlardan birining aholisini yig‘ib, ularni safga tizib, qo‘llarini boshga qo‘ygan holda yuk mashinalariga chiqarishgan va olib ketishgan. Mingyan shahridagi namoyishchilardan biri Reuters agentligiga aytishicha, politsiya avvaliga ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va shovqinli granatalar qo‘llagan, keyin esa jangovar o‘qlar ota boshlagan.
«Ular bizga tarqalishni so‘rab, suv purkagichlarni yo‘llashmadi, shunchaki kelishdi va otishni boshlashdi», degan u. Press Trust of India agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Mingyanda ikki o‘smir otib tashlangan.
BMT Xavfsizlik kengashi 5 mart kuni Myanmadagi vaziyat bo‘yicha yopiq yig‘ilish o‘tkazishi kutilmoqda. Bunday yig‘ilish o‘tkazish tashabbusi Buyuk Britaniya tomonidan bildirilgan. Ammo BMTning harakatlarini muvofiqlashtirish qiyin bo‘ladi, chunki Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolaridan ikkitasi, Xitoy va Rossiya veto huquqidan foydalanishi deyarli aniq.
Hozirda ayrim davlatlar Myanma bilan munosabatlarida o‘z sanksiyalarini joriy etgan, yana ayrimlar sanksiyalar qo‘llashni rejalashtirmoqda.
Politsiyachilarning harakatlari ko‘rsatmoqdaki, harbiy hukumat vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan chaqiriqlarni inkor etmoqda. Hokimiyatni egallab olgan harbiy kuchlar xalqaro hamjamiyat tomonidan qonuniy deb tan olinish uchun o‘zlariga qarshi chiqayotgan namoyishlarni kuch bilan bostirishda davom etmoqda.
So‘nggi bir oy davomida namoyishchilar qarshilik ko‘rsatishning turli taktikalarini qo‘llashdi: an'anaviy marshdan tortib xorijiy elchixonalar oldida musiqali chiqishlargacha, zabastovkalardan tortib ko‘chalarni to‘sish va barrikadalar o‘rnatishgacha. Namoyishlardan birida filbonlar va fillar ham ishtirok etgandi. So‘nggi vaqtlarda namoyishchilar politsiyachilar qayerga otayotganini ko‘rmasligi uchun tutunli granatalar va o‘t o‘chirish vositalari qo‘llashmoqda.
«Biz halok bo‘lganlar nomidan kurashni davom ettiramiz. Biz g‘olib chiqamiz», degan faollardan biri Reuters’ga bergan intervyusida.
Myanmada fuqarolik hukumati ag‘darilishiga qarshi ommaviy namoyishlar fevral oyi boshida boshlangandi, o‘shanda harbiylar mamlakatning avvalgi rahbariyatini hibsga olgan. Ular «Demokratiya uchun milliy liga» rahbari Aung San Suu Ki, prezident Vin Min va boshqa yuqori martabali amaldorlarni qamoqqa olishgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
-
Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bilan mahsulot taqsimoti to‘g‘risida bitim imzolandi
O‘zbekiston | 18:05
-
🔴 LIVE: Qimmat benzin, sharoiti yo‘q poyezdlar va muammoli UzIMEI - Iste’molchi huquqi himoya qilinyaptimi?
O‘zbekiston | 17:56
Mavzuga oid

21:24 / 25.04.2025
Myanmada zilzila haqida noto‘g‘ri prognozlar tarqatgan tiktoker hibsga olindi

20:02 / 18.04.2025
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi

15:18 / 13.04.2025
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

10:23 / 03.04.2025