Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanma: Aung San Suu Ki ustidan sud jarayoni boshlandi. Qonli qirg‘indan keyin ham namoyishlar davom etmoqda
1 fevral kuni hokimiyatni egallab olgan harbiy xunta Myanmaning amaldagi rahbari Aung San Suu Kini qator ayblovlar bo‘yicha sud mahkamasiga tortdi. Sudning ilk yig‘ilishida Suu Ki xonim videoaloqa orqali ishtirok etdi, hibsga olinganidan buyon ilk marta uning oldiga advokat kirishiga ruxsat berildi.
U bir oydan buyon uy qamog‘ida saqlanmoqda. Avvaliga uni mamlakat hududiga bir nechta ratsiyani noqonuniy yo‘l bilan olib kirib, import to‘g‘risidagi qonunni buzishda ayblashgandi. Keyinroq favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qonunni buzish ayblovi ham ishga tirkalgan, dushanba kuni esa u saylov kampaniyasi davrida sanitar normalarni buzish orqali epidemiologik xavf tug‘dirishda ham ayblana boshlandi.
Dastlabki ayblovga ko‘ra uch yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutiladi, ammo endilikda 75 yoshli siyosatchiga qancha muddat berilishi noaniq. Keyingi sud majlisi 15 mart kuniga belgilangan.
Mamlakatning ag‘darilgan prezidenti, Suu Kining yaqin safdoshi Vin Min ham qamoqda. U fitna qo‘zg‘ashda ayblangan, Myanma qonunlariga ko‘ra bu ayblov uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Odamlar yana ko‘chada
Myanmadagi davlat to‘ntarishi 1 fevral kuni ro‘y bergandi. O‘shandan buyon butun mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlar va ish tashlashlar bo‘lib o‘tmoqda. Yakshanba kungi tartibsizliklar vaqtida 18 kishi o‘ldirilganiga qaramay, dushanba kuni ham ko‘plab shaharlarda odamlar yana harbiylar hokimiyatiga qarshi ko‘chalarga chiqishdi.
Xalq qonuniy saylangan hukumatni tiklash va «Demokratiya uchun milliy liga» (NDL) partiyasi yetakchisi Aung San Suu Ki va mamlakatning boshqa rahbarlarini zudlik bilan ozod etishni talab qilmoqda.
«Frans press» agentligi xabariga ko‘ra, dushanba kungi aksiyalar vaqtida ham o‘q ovozlari eshitilgan va odamlar tarqab ketgan. Namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz ham qo‘llangan.
Yangonda namoyishchilar ko‘chalarda mebellar va bambuk taxtalaridan barrikadalar o‘rnatishga urinmoqda. Mamlakatda namoyishlar boshidan buyon halok bo‘lganlar soni rasman 21 nafar, yakshanba kungi namoyishlar vaqtida odamlar o‘qqa tutilishi oqibatida 18 kishi halok bo‘lgandi.
«Xalq irodasini hurmat qilish»
Harbiy xunta o‘tgan yil noyabridagi parlament saylovlarida qo‘pol qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani tufayli hokimiyatni qo‘lga olganini iddao qiladi - saylovlarda «Demokratiya uchun milliy liga» partiyasi katta ustunlik bilan g‘alaba qozongandi. Harbiylarning fikricha, bunday ustunlikka faqatgina natijalarni soxtalashtirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Shu bilan birga, bu ayblovlar uchun hech qanday dalil keltirilmagan, ammo harbiy hukumat Myanma markaziy saylov komissiyasi tarkibini to‘liq o‘zgartirgan, joriy yil davomida yangi saylovlar o‘tkazishni va'da qilgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh harbiylarning harakatlarini keskin qoralab chiqdi va jahon hamjamiyatini generallarga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarga ular saylovlarda «Demokratiya uchun milliy liga»ga ovoz bergan Myanma xalqi irodasini hurmat qilishi kerakligi haqida aniq signal yuborish kerak.
«BMT bosh kotibi Myanmadagi shafqatsiz qatag‘onni qat'iy qoralab, o‘lim holatlari va jiddiy jarohatlanganlar soni oshayotganidan chuqur tashvishdaligini bildirdi. Tinch namoyishchilarga jangovar qurol qo‘llash va asossiz qo‘lga olishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», deyiladi BMT bayonotida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
Mavzuga oid

21:24 / 25.04.2025
Myanmada zilzila haqida noto‘g‘ri prognozlar tarqatgan tiktoker hibsga olindi

20:02 / 18.04.2025
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi

15:18 / 13.04.2025
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

10:23 / 03.04.2025