O‘zbekiston | 08:46 / 15.02.2021
4066
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida Shahrisabz va Kitobda kanalizatsiya tizimlari rekonstruksiya qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Shahrisabz va Kitob shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Loyiha doirasida Shahrisabz shahri bo‘yicha:

  • 57,58 km kanalizatsiya kollektorlari, 279,6 km o‘zioqar (samotek) oqova quvurlarini qurish;
  • 14,11 km mavjud o‘zioqar (samotek) kanalizatsiya kollektorini rekonstruksiya qilish;
  • 10 dona kanalizatsiya nasos stansiyalarini qurish;
  • 6,7 km yuqori bosim kollektorlarini qurish;
  • 14,3 km mavjud kanalizatsiya kollektorlarini yuvish va tozalash;
  • kanalizatsiya quvurlariga 27 850 dona abonent ulanishlarini qurish;
  • quvvati 39,0 ming metr kub bo‘lgan oqova suv tozalash inshootini qurish;
  • Shahrisabz shahar suv ta'minoti korxonasi tomonidan tizimga xizmat ko‘rsatish maqsadida mashina va mexanizmlarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Kitob shahri bo‘yicha:

  • o‘zioqar (samotek) 120,85 km ichki oqova tarmoqlari va 22,03 km kollektorlarni qurish;
  • 4 dona kanalizatsiya nasos stansiyalarini qurish;
  • 1,835 km yuqori bosim kanalizatsiya kollektorini qurish;
  • kanalizatsiya quvurlariga 10 100 dona abonent ulanishlarini qurish;
  • quvvati 14,0 ming metr kub bo‘lgan oqova suv tozalash inshootini qurish;
  • Kitob shahar suv ta'minoti korxonasi tomonidan tizimga xizmat ko‘rsatish maqsadida mashina va mexanizmlarni xarid qilish nazarda tutilgan.
  • Loyihaning umumiy miqdori – 91 882,8 ming yevro ekvivalentda.

Loyiha natijasida 2045 yil loyiha hududlaridagi demografik o‘sishni hisobga olgan holda Shahrisabz shahrida 14 foizdan 86 foizga va Kitob shahrida 0 foizdan 81 foizgacha aholi oqova suv tizimlari bilan qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid