Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmadagi harbiy isyon: umummilliy ish tashlashlar va suv sepib haydalgan namoyishchilar
Dushanba kuni Myanmada o‘n minglab davlat xizmatchilari ishga chiqmadi, ular mamlakatning ko‘plab shaharlaridagi ko‘chalarni to‘ldirib, «Demokratiya uchun milliy liga» partiyasi yetakchisi Aung San Suu Kini ozod qilishni va demokratik boshqaruvni tiklashni talab qilishdi. Myanma poytaxti Neypido shahri ko‘chalarida olingan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ko‘rish mumkinki, hukumat kuchlari namoyish ishtirokchilarinitarqatish uchun vodomyotlar qo‘llagan.

Aung Kyaw Htet / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
O‘tgan haftaning dushanbasida mahalliy harbiylar hokimiyatni qo‘lga olgan, ular o‘tgan yil noyabrida o‘tkazilgan va «Demokratiya uchun milliy liga» 83 foiz ovoz olib g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalari soxtalashtirilganini da'vo qilishgan, ammo bunga dalil keltirilmagan.
Ular yangi saylangan parlament ilk yig‘ilishini o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymasdan, mamlakatda favqulodda holat va komendantlik soati e'lon qilib, prezident Vin Minni, amalda davlatni boshqarib kelgan Aung San Suu Kini va yuzlab siyosatchilar, deputatlar hamda partiya faollarini hibsga olishgandi.
Qatorasiga uchinchi kun minglab kishilar ko‘chalarga chiqib, demokratik boshqaruv qaytishini talab qilishmoqda.
Yakshanba kuni Myanmada (mamlakat 1989 yilgacha Birma deb atalgan) 2007 yildan keyingi eng yirik namoyishlar bo‘lib o‘tdi, 14 yil muqaddam budda monaxlari o‘sha vaqtdagi harbiy rejimga qarshi chiqishgandi.
Umummilliy zabastovka

BBC Birma xizmati xabariga ko‘ra, dushanba kuni o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, huquqshunoslar, bank klerklari va boshqa davlat xizmatchilaridan iborat bo‘lgan o‘n mingdan ortiq kishi ishga bormagan hamda Neypido, Yangon va Mandalay kabi yirik shaharlarda namoyishlar uyushtirishgan.
Mingga yaqin o‘qituvchi Yangondagi kvartallar hududidan shahar markazidagi mashhur Pagoda Sule obidalari tomon marsh qilib borishgan.
General strike called today in Yangon #Myanmar. Large street protess converging downtown. Many onlookers cheering. pic.twitter.com/TB2X6z4LsA
— Richard Horsey (@rshorsey) February 8, 2021
Dushanba tongida Neypidoda politsiya ikkita vodomyot orqali namoyishchilarni tarqatib yuborishga uringan, xabarlarga ko‘ra bir necha kishi jarohat olgan.
Feysbukda tarqalgan videoda jiqqa ho‘l bo‘lgan namoyishchilar bir-birining qo‘lini tutgan holda harakatlanishda davom etganini ko‘rish mumkin.
Video muallifi Kiau Zeyyar Oo BBC bilan suhbatda politsiya mahkamasi oldida tinch namoyish o‘tkazayotgan odamlarga ogohlantirilmasdan vodomyot qo‘llangan.
U kun yarmiga borib vaziyat sokinlashgani, norozilik namoyishi davom etgani, maxsus texnikalar esa harakatsiz turganini qayd etib o‘tgan.
Kunning ikkinchi yarmida zo‘ravonlik holatlari haqida xabar kelib tushmagan.
Internetda norozilik ifodasi sifatida ish tashlashga chaqiriqlar paydo bo‘lgan.
«Bugun ish kuni, ammo biz ishga chiqmaymiz, maoshimizni qirqishsa ham», degan kiyim fabrikasi ishchisi bo‘lgan 28 yoshli Xnin Tazin «Frans press» agentligi muxbiriga.
BBC’ning Janubiy-Sharqiy Osiyo bo‘yicha korrespondenti Jonatan Hed shanba va yakshanba kungi namoyishlar qarshilik harakatini yangi darajaga olib chiqqanini, shu bilan birga yaqqol yetakchilar ko‘zga tashlanmaganini qayd etib o‘tgan.
Harbiy amaldorlar hozircha bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirishmadi, politsiya ham kundan kunga soni ortib borayotgan namoyishchilarga qarshi qanday usulda javob qaytarishni bilmayapti.
Avvalroq Myanma armiyasi noyabrdagi saylovlar natijalarini qayta hisoblab chiqishni talab qilgan muxolif partiyalarni qo‘llab chiqqan, ammo markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini hisoblashda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaganini ma'lum qilgandi.
O‘zini davlatning yangi rahbari sifatida e'lon qilgan qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aun Hlaing 24 vazir va ularning o‘rinbosarlarini almashtirdi, xususan, moliya vaziri, sog‘liqni saqlash vaziri, tashqi ishlar vaziri va ichki ishlar vaziri ham o‘zgargan.
Harbiylar mamlakatda mashhur bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar - «Feysbuk», «Tvitter» va «Instagram»ni bloklashga urinmoqda.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi

23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi

16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona

08:18 / 26.12.2022