22 ta tuman sholi avlodli urug‘chilik yetishtirishga ixtisoslashtiriladi
«Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Getty Images
Qaror bilan sholichilik klasterlari yoki sholi ekishga ruxsat etilgan mintaqalarda sholi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bazasida elita urug‘chilik xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, qaror asosida respublika bo‘yicha jami 22 ta tuman sholi avlodli urug‘chilik yetishtirishga ixtisoslashtirilib, ularda 17 452 gektar sholi maydoni tashkil etiladi.
2021 yil 1 iyundan urug‘lik sholiga muvofiqlik sertifikatini berish, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshiriladi.
Shuningdek, urug‘chilik xo‘jaliklarida navbatlab ekish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, bir dalada 2 yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi.
2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida ko‘chatlab ekish, kamida 50 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimi joriy etilib, kamida 30 foizida sholi zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekiladi.
2021 yil 31 dekabrga qadar sholi yetishtirishda sholining zamonaviy urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizigacha mablag‘ davlat budjetidan qoplab beriladi.
Bundan tashqari, qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun sholi yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, joriy yilda respublika bo‘yicha 129 ming 357 gektar maydonda sholi yetishtirish nazarda tutilgan.
Ishlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali hamda Vetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik yo‘nalishida qo‘shma fakultet tashkil qilinadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Raqobat qo‘mitasi konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi
O‘zbekiston | 11:13
-
Nabiullina: Rossiya iqtisodiy o‘sishi uchun ko‘plab resurslar tugadi
Jahon | 11:09
-
«Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin» - prezident Shahrisabzdagi agroturizm majmuasi haqida
O‘zbekiston | 11:05
-
Chorvoq Darvozasi- turizm va ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish uchun yangi yo‘nalish
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

11:12 / 19.06.2025
“Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi

15:32 / 29.05.2025
O‘zbekistonda endi qurg‘oqchil yerda ham sholi yetishtirilishi mumkin

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025