Eron XAEA inspektorlarini mamlakatdan chiqarib yuborish bilan tahdid qildi
Tehron AQShning Eronga qarshi sanksiyalari bekor qilinishini talab qilmoqda.

Foto: Getty Images
Agarda AQShning Eronga qarshi sanksiyalari 21 fevralgacha to‘xtatilmasa, Tehron Xalqaro atom energiyasi (XAEA) inspektorlarini mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Eron parlamenti a'zosi Ahmad Amirobodiy ma'lum qildi.
"Agarda Eron Islom Respublikasiga qarshi sanksiyalar 21 fevralgacha bekor qilinmasa, biz Xalqaro atom energiyasi inspektorlarini mamlakatdan hech shubhasiz chiqarib yuboramiz", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mehr agentligi.
"Amerikaliklarga bir oy muhlat beramiz, chunki AQShning yangi ma'muriyati 21 yanvarda ish boshlaydi. Ularda sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha chora ko‘rish uchun 21 fevralgacha vaqt bor, aks holda Eron Islom Respublikasi o‘z xalqini himoya qilishga kirishadi", - dedi Amirobodiy.
Uning ta'kidlashicha, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvdagi asosiy maqsadlardan biri sanksiyalarning bekor qilinishi bo‘lib, bu amalga oshmagan.
2015 yilda Eron va Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiya yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv imzolagandi. Unga ko‘ra, Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi lozim edi, Tehron esa atom sohasi bo‘yicha qator majburiyatlarni zimmasiga olgandi.
2018 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu kelishuvdan chiqib ketdi va Eronga nisbatan bir tomonlama sanksiyalarni tikladi.
AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden yadroviy kelishuvga qaytishga harakat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

17:24
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025