Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘smirlar Osiyo o‘yinlariga 15 mingga yaqin mehmon keladi, Bo‘stonliqda olimpiya shaharchasi quriladi - sport vaziri
Toshkent shahri 2025 yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev 5 yanvar kuni Xalqaro press-klubdagi chiqishida ushbu musobaqaga tayyorgarlik haqida ma'lumot berdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Vazirning ma'lum qilishicha, shu paytgacha o‘tkazilgan o‘smirlar yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘rtacha 5 ming nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan. Trenerlar, shifokorlar, rasmiy delegatsiya vakillari hamda OAV xodimlari qo‘shib hisoblansa, Toshkentga o‘rtacha 15 mingga yaqin mehmon kelishi kutilmoqda.
«Albatta, buning uchun yetarlicha sharoit yaratilishi lozim. Shu maqsadda prezidentimizning topshiriqlariga asosan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida barcha sharoitlarga ega, xalqaro talablarga javob beradigan Olimpiya shaharchasi barpo etiladi.
Bu borada Qurilish vazirligi bilan amaliy ishlar boshlab yuborilgan va bu yerda barcha infratuzilma muhayyo qilinib, Olimpiya shaharchasi 2025 yilgacha foydalanishga topshirilishi kerak.
Bu musobaqani o‘tkazish uchun Osiyo Olimpiya Kengashining o‘ziga yarasha talablari ham bor. Jumladan, keyingi yildan musobaqaning targ‘ibot ishlarini boshlash, uning emblemasi va ramzini yaratish kabi vazifalar bor. O‘z navbatida, OOKning maxsus ishchi guruhi kelib, tayyorgarlik ishlarining qanday borayotganligini o‘rganadi. Har yili Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan bir yilda qilingan ishlar, kelgusi yilgi rejalar bo‘yicha taqdimotlar qilib boradi.
O‘smirlar yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladigan davlatning yutug‘i – ular musobaqa dasturiga kiritiladigan sport turlarini belgilab berishadi. Ammo musobaqa dasturidan Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan kamida 8ta sport turi o‘rin olishi kerak.
Biz mezbonlik qilgach, tabiiyki, yurtimizda anchagina rivojlangan sport turlari, jumladan erkin va yunon-rum kurashi, boks, dzyudo, jamoaviy o‘yin turlaridan futbol, qolaversa suzish kabi turlar va albatta o‘zimizning milliy sport turlarini kiritishga harakat qilamiz.
O‘z navbatida, yoshlarimizni bugundan ushbu musobaqaga puxta tayyorlab borish, buning uchun seleksiya ishlarini kuchaytirish, terma jamoalarga barcha sharoitlarni yaratib berish choralarini ko‘ramiz», – deya Dilmurod Nabiyevning so‘zlarini keltirmoqda Sport vazirligi matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

16:37 / 23.12.2024
Sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

14:58 / 02.12.2024
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi

19:05 / 20.01.2024
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ikkiga ajratildi

17:05 / 30.11.2021