Hukumat avtomobil faralariga oid qarorni bekor qilishi mumkin - deputat
Hukumat o‘tgan yili qabul qilingan hamda keskin e'tirozlarga sabab bo‘lgan avtomobil faralariga oid qarorni bekor qilishi mumkin. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kun avval bir guruh deputatlar avtomobil chiroqlarini kunduz kuni yoqib yurishni majburiy etuvchi Vazirlar Mahkamasi qaroriga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha o‘z taklifini bosh vazir Abdulla Aripovga yuborgan.
“Yuborgan murojaat va takliflarimiz hukumat tomonidan bee'tibor qoldirilmadi. Mendagi ma'lumotlarga ko‘ra, bosh vazirimiz topshiriqlariga asosan 2019 yil 4 iyunda qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 460-sonli qaror bekor qilinishi kutilmoqda. Shu bilan jamoatchilik e'tiroziga sabab bo‘lgan “faralar” masalasiga nuqta qo‘yiladi, deb umid qilamiz.
Hukumat tomonidan jamoatchilik fikri, deputatlar murojaatiga befarq bo‘lmay, qabul qilinayotgan qaror va hujjatlarda xalq manfaatlari inobatga olinayotganini doim olqishlaymiz. Zero, bu biz qurishni istayotgan Yangi O‘zbekiston, ya'ni qonun ustuvorligiga asoslangan, demokratik davlatning asosiy shartidir”, — deb yozadi deputat.
Avvalroq, 2021 yildan boshlab sutkaning har qanday vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar jarimaga tortilishi ma'lum qilingandi.
IIV YHXBB xabariga ko‘ra, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 138-bandida “Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart”ligi belgilangan.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 460-son qarori 2-bandida 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

17:55 / 07.09.2024