Madaniy meros departamenti «Tosh hovli ishi» bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi tashkilotni sudga berdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti bo‘lim boshlig‘i Hasan Xolmurodov Xiva shahridagi Tosh hovli saroyining devori buzilishi yuzasidan departamentning o‘rganishlari bo‘yicha ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Biz o‘rganishlar natijasida 2020 yilning 14 dekabrida buyurtmachi va pudratchi korxona ustidan sudga murojaat qilganmiz.
Qaytaraman, madaniy meros obektlari, ayniqsa jahon madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kirgan to‘rtta hududdagi barcha qurilish va ta'mirlash ishlari ilmiy ekspertlar kengashi tomonidan berilgan xulosa asosida qilinishi kerak edi», – dedi Hasan Xolmurodov 15 dekabr kungi matbuot anjumanida.
«Holat shunday bo‘lganki, 2020 yil avgust oyida Ichan-qal'a muzey qo‘riqxonasi tomonidan smeta hujjatlari tayyorlanib, ilmiy-ekspert kengashiga taqdim etilgan. Ilmiy-ekspert kengashi esa bu smetani ko‘rib chiqib, loyiha hujjatlarini taqdim etish bo‘yicha Ichan-qal'a muzey qo‘riqxonasiga murojaat qilgan. Lekin shu kunga qadar ham loyiha hujjatlari ilmiy-ekspert kengashiga taqdim qilinmagan.
Shuningdek, biz o‘rganish davomida pudratchi korxonadan buzib olingan devor haqida so‘raganimizda, ular hozir sayyohlar kamligi va devor o‘zi qulab tushganligini bildirdi.
Ular hatto madaniy meros obektlariga shikast yetkazganlik uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bo‘yicha javobgarlikdan ham bexabarligini bildirishdi», – dedi departament rasmiysi.
Bo‘lim boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, 2019 yilda madaniy meros obektlariga zarar yetkazilgani uchun javobgarlik kuchaytirilgan.
«Jinoyat kodeksining 132-moddasi va ma'muriy kodeksning 64-moddasiga binoan, madaniy meros obektlariga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytirilgan. Afsuski, fuqarolar, jumladan mansabdorlarning ko‘pchiligi bundan xabardor emas», – dedi Hasan Xolmurodov.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35 / 20.05.2025
Mavzuga oid

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi

22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi

18:38 / 28.04.2025