Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chegara bilmas muxbirlar»: dunyo bo‘ylab 387 nafar jurnalist turmada
Mahbus jurnalistlarning yarmidan ko‘prog‘i Xitoy, Saudiya Arabistoni, Misr, Vetnam va Suriya qamoqxonalarida o‘tiribdi.

Kamida 387 nafar jurnalist va OAVning boshqa xodimlari qamoqqa tashlangan. Bu haqda «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotning 14 dekabr kuni e'lon qilingan yillik hisobotida ma'lum qilingan.
Deutche Welle nashri xabar berishicha, qamalganlarning 61 foizi Xitoy (117 nafar), Saudiya Arabistoni (34), Vetnam (28) va Suriyada (27). Undan tashqari, 54 jurnalist o‘g‘irlab ketilgan, ularning 4 nafari umuman izsiz g‘oyib bo‘lgan.
O‘nlab muxbirlar pandemiyani yoritish ortidan qamoqqa tiqilgan.
Hisobot mualliflarining aytishicha, 2020 yil bahoridan beri o‘nlab muxbir koronavirus va pandemiyani yoritgan reportajlari sabab vaqtinchalik hibsga olingan.
Belarusning o‘zida OAV xodimlarini qisqa muddatga qamab qo‘yish bilan bog‘liq 370 holat qayd etilgan. Bu Belarus MSK Aleksandr Lukashenkoni prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e'lon qilgani ortidan mamlakatda yuzaga kelgan ommaviy noroziliklar vaqtida ro‘y bergan.
Aksar davlatlar zug‘um qilishga o‘tishyapti
«Dunyo bo‘ylab juda ko‘p OAV xodimlari hibsdaligi so‘z erkinligi borasidagi muammolarga e'tibor qaratishni talab qilyapti. Ko‘p hukumatlar noroziliklar va koronavirus pandemiyasiga o‘xshash inqirozlarga u haqda bong urganlarga qarshi zug‘um o‘tkazish bilan javob qaytaryapti. Bu kabi ishlarning ortida uzoq muddatga hukm qilingan inson taqdiri yotadi axir. Ba'zan esa, shunchaki senzura va zug‘umlarga qarshi bosh egmagani uchungina yomon muomalada bo‘lishadi», — deydi tashkilot matbuot kotibi Katya Gloger.
Avvalroq «Chegara bilmas muxbirlar» mamlakatdagi noroziliklarni yoritgan jurnalistlarga munosabati uchun Belarus politsiyasiga qarshi ish ochishni so‘ragandi. YeXHT a'zosi sifatida Belarus hukumati mustaqil va xorijiy OAVga to‘sqinliklarsiz ishlash sharoitini yaratib berish majburiyatini olgan, deb ta'kidlashgandi huquqbonlar.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
-
Budjet tashkilotlari pulidan qurilish loyihalarini amalga oshirish tizimi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:40
-
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi
Jahon | 07:36
-
Jinoyat kodeksiga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘zgartish kiritiladi
O‘zbekiston | 07:32
Mavzuga oid

17:50 / 17.07.2025
Noshirlik faoliyatiga oid qonun o‘zgaryapti, kitoblarga senzura joriy etiladimi? – mutaxassislar bilan suhbat

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

18:39 / 27.06.2025
Davlat idoralarining omma bilan normal muloqot qilish tajribasi yo‘q - media olami vakillari bilan suhbat

09:51 / 26.06.2025