Narishkin: Rossiya razvedkasi COVID-19 tabiiy ravishda kelib chiqqani haqidagi versiyaga qo‘shiladi

Foto: RIA Novosti
Rossiya razvedkasi koronavirus tabiiy ravishda kelib chiqqan deb hisoblaydi, bu versiyaga qarshi dalillar yo‘q. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin «RIA Novosti»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Bu (koronavirus) inson qo‘li va idrokining mahsuli ekanligi to‘g‘risida asosli va ishonchli ma'lumotlar yo‘q. Shuning uchun biz bu tabiiy ravishda kelib chiqqan virus ekanligi haqidagi versiyaga moyilmiz», - dedi Narishkin.
COVID-19 sun'iy tarzda yaratilgani haqidagi versiya 2020 yil qish va bahor oylarida tarqaldi. Xususan, uni AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘llab-quvvatladi. May oyida u koronavirus Uhan virusologiya institutida ishlab chiqilganligi to‘g‘risida dalillar borligini ma'lum qildi. Shu bilan birga, AQSh Milliy razvedkasi COVID-19 laboratoriyada yaratilmagan yoki genetik jihatdan o‘zgartirilmagan, degan xulosaga keldi.
O‘z navbatida, AQSh Davlat departamenti Rossiyani koronavirus haqida yolg‘on xabarlar tarqatish kampaniyasida aybladi. Idora ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga bog‘liq bo‘lgan feysbuk, tvitter va instagramdagi akkauntlarda COVID-19 AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan iqtisodiy urush uchun yaratilgan biologik qurol ekanligi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatildi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova bu ayblovlarni «qasddan tashlash» deb atadi.
Avvalroq, Janubiy Koreya COVID-19 va mavsumiy grippni aniqlaydigan yagona testni tasdiqlagani ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
#SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz!
O‘zbekiston | 15:00
-
Portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga bo‘lgan talablar kuchaytirildi
O‘zbekiston | 14:47
-
Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi
O‘zbekiston | 14:41
-
Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassa yopildi
Jamiyat | 14:31
Mavzuga oid

07:32 / 30.06.2025
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

21:42 / 15.04.2025
Rossiya tinchlikka erishish uchun Ukrainadan anneksiya qilingan hududlarni so‘radi

10:41 / 13.03.2025