Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yil 1 avgustga qadar gaz hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish to‘xtatib turiladi
Davlat rahbarining 24 sentyabrdagi qaroriga ko‘ra, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish belgilangan.

Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, buning uchun 2021 yil 1 avgustga qadar respublikaning barcha hududlarida iste'molchilarga zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatib, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq joriy etilishi rejalashtirilgan.
Birinchi bosqichda, 2021 yil 1 fevralga qadar O‘rta Chirchiq, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l va Karmana tumanlari hamda Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlarida va boshqa qarzdorlik darajasi baland bo‘lgan hududlarda tizimni o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi elektron hisoblagichlar «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholiga grafik bo‘yicha bepul tarzda o‘rnatiladi.
Ta'kidlanishicha, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlariga 1-bosqichda nazarda tutilmagan hududlardan tabiiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Davlat xizmatlari agentligi aholining ovoragarchiligiga chek qo‘yish va ortiqcha pul mablag‘lari sarflashining oldini olish uchun, tabiiy gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddatini 2021 yil 1 avgustga qadar uzaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Hukumat ushbu aholiga yengillikni qo‘llab-quvvatladi.
Gaz hisoblagichlarning «standartdan o‘tkazish» muddati o‘tgan bo‘lsa ham, 2021 yil 1 avgustga qadar hisoblagichni qiyoslashning keragi yo‘q.
«Schetchik»ni davriy tekshiruvdan o‘tkazish muddati o‘tgan bo‘lsa-da, hisob-kitoblar hozirda uyda o‘rnatilgan hisoblagichlar asosida amalga oshiriladi.
2021 yil 1 avgustga qadar eski ko‘rinishdagi gaz hisoblagichlarini qiyoslash uchun arizalar qabul qilinishi to‘xtatib turiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
-
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:40
-
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Toshkent viloyatida qizining nomusiga tekkan ota 12 yilga qamaldi
Jamiyat | 20:35
Mavzuga oid

13:38
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi

14:16 / 21.07.2025
O‘zbekiston Pokistondagi neft va gaz konlarini qidirishga jalb etilishi mumkin

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

09:47 / 15.07.2025