Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Pokistondagi neft va gaz konlarini qidirishga jalb etilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston neft vaziri Ali Pervez Malik bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Suhbat chog‘ida ikki mamlakatda neft-gaz sohasidagi jarayonlar, ushbu sohadagi o‘zaro hamkorlikning amaldagi holati va istiqbolli qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Vazir Ali Pervez Malik O‘zbekistonning neft va gaz sohasidagi tajribasini yuqori baholab, energetika sohasi ikki davlat o‘rtasidagi ustuvor hamkorlik yo‘nalishlaridan biri ekanini va bu yo‘nalishdagi hamkorlikdan ikki tomon ham manfaatdorligini ta’kidladi.
Mazkur sohadagi mavjud salohiyat va imkoniyatlarni chuqur o‘rganish, istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va aniq yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, ikki davlat mutasaddi vazirliklari darajasida mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzish zarurligiga alohida urg‘u berildi.
Pokiston milliy iqtisodiyotida neft-gaz mahsulotlariga talabning yuqoriligi, katta miqdorda suyultirilgan uglevodorod gazi, siqilgan tabiiy gaz va qayta ishlangan neft mahsulotlari import qilinishi qayd etildi. Bu borada barqaror va uzoq muddatli kooperatsiya uchun qulay sharoit mavjudligi e’tirof etilib, tegishli tashkiliy masalalarni batafsil o‘rganib chiqib, qo‘shma taklif ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Pokiston hududidagi neft va gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish, xususan, qazib olish hamda neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilish loyihalariga o‘zbek hamkorlarni jalb etish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tomonlar, shuningdek, geologik ma’lumotlar almashinuvi, sohaga oid zamonaviy texnologiyalar borasida tajriba almashish, mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qilish, o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ham ko‘rib chiqdi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

10:00 / 10.08.2025
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti

23:17 / 09.08.2025
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi

14:40 / 09.08.2025
Kanada Rossiyadan dengizda yetkazilgan neft uchun cheklangan narxni pasaytiradi

09:05 / 08.08.2025