SSV majburiy qo‘lqop borasidagi yangilikni qo‘llab-quvvatladi. Qo‘lqoplar qanchaga sotib olinayotgani ochiqlandi
Toshkent shahar Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev jamoat transportida qo‘lqop taqish tartibi kiritilishi sababi haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahrida 129ta yo‘nalishda mingdan ortiq avtobuslar yo‘nalishga chiqyapti. Avtobuslarda tashilayotgan yo‘lovchilar soni 300 mingta, metropolitenda 130 mingtani tashkil qiladi.
«Yo‘lovchilar koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori ekanini inobatga olib, Rossiya va AQSh tajribalarini o‘rganib, yo‘lovchilarga bir martalik qo‘lqoplarni tarqatib, 19 oktyabrdan avtobus va metroda qo‘lqopdan foydalanish talabi kiritildi.
Buning eng asosiy sababi – har bir yo‘lovchi bir kunda o‘rtacha 20-30 daqiqani transportda o‘tkazadi. Shu davrda yo‘lovchilarimizga chiptachilar, haydovchilar hamda metrodagi kassa va metro operatorlari tomonidan bepul bir martalik qo‘lqoplar tarqatilmoqda. Metro, avtobus tutqichlari qo‘lqoplardan foydalangan holda ushlansa, kasallikni yuqtirib olish xavfi kamayadi», dedi Anvar Jo‘rayev 19 oktabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
U metropolitenning har bir vestibyuli, bekatida kuzatuv o‘tkazilganini, unga ko‘ra, antiseptik quyish moslamasi o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramay, undan foydalanganlar ko‘rsatkichi, 5-10 foizni tashkil qilganini ta'kidlagan.
Brifingda jamoat transportida yo‘lovchilarga tarqatiladigan tibbiy qo‘lqoplar kimning hisobidan xarid qilinishi haqida ham ma'lumot berildi.
«Qo‘lqoplar yo‘lovchilar hisobidan emas, transport korxonalari tomonidan sotib olinmoqda. Har bir qo‘lqop jufti 56 so‘mga tushyapti. Buni metropoliten hamda «Toshshahartransxizmat» korxonalarining moliyaviy xo‘jalik ishi oy yakuni bo‘yicha u yerga ketgan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi», dedi Toshkent shahar Transport boshqarmasi vakili.
SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ham jamoat transportida ko‘lqopdan foydalanish zarurati haqida gapirdi.
«Jamoat transportida tibbiy qo‘lqopdan foydalanganda fuqarolar birinchi navbatda o‘zini, ikkinchidan, yon-atrofdagilarni, boshqalarni kasallik yuqishidan himoya qiladi. Kasallikning yuqish omili sifatida yuqori nafas yo‘llari, havo-tomchi yo‘llari bilan birgalikda maishiy muloqot yo‘llari qayd etiladi. Maishiy muloqot – qo‘l bilan og‘iz-burun, ko‘zning shilliq qavatiga teginish orqali virus yuqtirish.
Qo‘lqop taqqan shaxs o‘zining yuz qismiga qo‘l tekkizmasligi, og‘iz-burun yoki ko‘zini ishqalamasligi, qolaversa, kasallikning «ochiq darvozalari»dan o‘zini asrashi ehtimoli yuqori.
Taqilgan qo‘lqoplarni ko‘chalarga tashlab ketish holatlari hozirda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Fursatdan foydalanib, barchani ogohlantirmoqchiman – davlat ko‘rsatayotgan mazkur g‘amxo‘rlikdan to‘g‘ri foydalanishimiz kerak.
Davlat tomonidan tekinga tarqatilayotgan (narxi 56 so‘m bo‘ladimi yo 300 so‘m yo 500 so‘m bo‘ladimi) qadrlashimiz va undan maqsadli foydalanishimiz zarur.
Chunki ushbu qo‘lqopdan foydalangan holda qo‘limizdagi sumkani qo‘ymay uyimizgacha borishimiz, eshik tutqichlarini va boshqa narsalarni qo‘lqop bilan ushlagan holda uyimizga kirishimiz, uy ichiga kirgandan keyin qo‘lqopni yechib, chelak yo chiqindi qutisiga tashlashimiz foydadan xoli emas», dedi Botir Qurbonov.
Eslatib o‘tamiz, 19 oktyabrdan boshlab Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etildi.
- Qo‘lqoplarni metro stansiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan olish mumkin.
- Transport vazirligi inspektorlari va huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tomonidan reydlar o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

17:16 / 04.03.2025
Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritiladi

16:25 / 27.02.2025
Toshkent viloyatining 7 ta shahriga 170 ta avtobus xarid qilinadi

16:16 / 09.02.2025