Rossiya Qirg‘izistonga moliyaviy yordam berishni to‘xtatdi
Peskov Kremldagilar Qirg‘izistonda sodir bo‘layotga voqealarni diqqat bilan kuzatayotganligini qayd etdi.

Foto: Vladimir Voronin / AP
Rossiya Qirg‘izistonda vaziyat barqarorlashmaguniga qadar moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatib turadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
"Hozirda, tabiiyki, hukumat yo‘q va respublikadagi inqirozli onlarni ko‘rib turibmiz. Shu bois, albatta, barcha idoralar, barcha tashkilotlar ishga tushmaguniga qadar ma'lum bir vaqt tanaffus qilish ma'noga ega", - dedi Peskov.
U Qirg‘iziston bilan muloqot davom etayotganini ta'kidladi.
"Elchixonamiz ham, tashqi ishlar vazirligi ham ishlamoqda. Muloqotlar bo‘lgan va davom etadi", - dedi Peskov.
Peskov Kremldagilar Qirg‘izistonda sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatayotganligini qayd etdi.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste'foga chiqqanligini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025