Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sarvar Boboxo‘jayev TATUga rektor bo‘ldi
Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Sarvar Boboxo‘jayev 1978 yilda tug‘ilgan, 1998 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2002 yilda Yaponiya xalqaro universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997 yili «Bakri Uzbekistan Telekom» xorijiy korxonasida tarjimon sifatida boshlagan. 1998-2016 yillarda «O‘zbekinvest» kompaniyasi tizimi, Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish institutida turli mas'ul lavozimlarda ishlagan.
Boboxo‘jayev 2016-2018 yillarda Toshkentdagi Inha universitetiga rektorlik qilgan. U 2017 yildan 2019 yil sentabr oyiga qadar O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishladi, so‘ng Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin

14:50 / 01.05.2025
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi

18:52 / 13.08.2024
“Talabalarim oldida uyalib qolmaslik uchun til o‘rgandim” – 67 yoshida ingliz tilidan B2 darajasini olgan otaxon

19:00 / 10.04.2023