Koronavirusga chalinganlar jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladimi?
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova fuqarolardan kelgan savollarga javob berdi.

Foto: RIA Novosti /Ilya Pitalev
Xususan, koronavirusni yuqtirib olgan insonlar jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladimi yoki ko‘proq dam olishlari kerakmi, deya berilgan savol bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etdi.
«Hammasi me'yorida bo‘lishi kerak. Kasalligi alomatsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar nafas tizimi funksional holatini va jismoniy faollikni unutmasliklari kerak, ya'ni har kungi ertalabgi qizdiruvchi 10-15 minutlik badantarbiya mashqlari juda muhim. Nafas gimnastikalarini kun davomida 3 marta, imkon qadar 5-10 minutdan amalga oshirish kerak. Chuqur nafas olish 6 sekund davomida va sekin nafas chiqarish 4-5 martagacha. Bu mashqlar virusning o‘pka to‘qimasiga moyilligi borligi uchun ham yaxshi shamollatilgan xonada bajarilishi kerak.
Nafas gimnastikasining juda xilma-xil turlari mavjud: Burdenko usuli, Yoga, Tibet usullari. Siz o‘z shifokoringiz bilan bu usullar xaqida maslahatlashishingiz mumkin yoki ularni har bir kishi mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoqlardan topib, har kim o‘zi uchun mosini tanlab, o‘zlashtirishi mumkin», - dedi shtab a'zosi.
Ma'lum qilinishicha, COVID-19 bilan kasallanganlar uchun taomlar yengil hazm bo‘ladigan, vitamin, mikroelement va oqsilga boy bo‘lishi kerak.
«Taomlarni kichik hajmda barra salat va ko‘katlar bilan birga iste'mol qilish tavsiya etiladi. Bular — qaynatma sho‘rvalar, qiyma go‘shtlaridan tayyorlangan kotletlar, teftellar, frikadelkalar, baliq go‘shti, tvorog, suvda qaynatib chala pishirilgan tuxum, dukkaklilardan tayyorlangan suyuq taomlar, arpa bo‘tqalari.
Shuningdek, ko‘p miqdorda suyuqlik ichilishi maqsadga muvofiq. Turli meva sharbatlari, kompotlar, ko‘k choy, limon, smorodina, zanjabil, asal va malina choylari shular jumlasidan» - dedi savolga javoban Barno Abdusamatova.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023