Uzbekistan Airways parvoz davomida amal qiladigan qoidalar borasida eslatma berdi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi COVID-19 tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish sharoitida parvoz davomidagi bir qator xatti-harakatlarga doir qoidalar borasida eslatma berdi.

Qayd etilishicha:
- butun parvoz davomida yo‘lovchilar og‘iz va burunni to‘liq yopib turuvchi niqobda bo‘lishlari lozim (2 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari);
qo‘l yuki sifatida samolyot sahniga ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, bolalar uchun kerak bo‘ladigan ashyolar solingan sumkani olib chiqish mumkin. Boshqa barcha narsalar qatnovga ro‘yxatdan o‘tilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart;
- havo kemasiga chiqarish ijtimoiy masofa saqlagan holda amalga oshiriladi;
- agar yo‘lovchi parvoz davomida o‘zini yomon his qilsa (isitma, yo‘tal, tumov va boshqalar) zudlik bilan bortkuzatuvchilarni chaqirish tugmasini bosishi kerak.
- parvoz davomida havo kemasi sahnida harakatlanishdan tiyilish tavsiya etiladi. Hojatxonaga tashrif buyurish uchun uning bo‘shligiga ishonch hosil qilish maqsadida yorug‘lik tablosiga e'tibor qaratish lozim.
Havo kemasidan tushish ham, xuddi unga chiqqandek, ijtimoiy masofaga amal qilgan holda amalga oshiriladi.
Suv, quloqchinlar, ozik,-ovqat vositalari , shuningdek biznes klass uchun yo‘l va bolalar to‘plamlari alohida o‘ramlarda beriladi. Kosher taomlardan tashqari boshqa maxsus taomlarga oldindan buyurtma berish mumkin. Bort jurnallari va matbuot nashrlari vaqtincha bo‘lmaydi.
“Agar ilgari ko‘rsatilayotgan xizmatlardan birortasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmay qolsa, buning uchun uzr so‘raymiz. Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan, to‘liq servis xizmatlarini ko‘rsatishga qaytamiz”, deyiladi aviakompaniya eslatmasida.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bu urushda Isroil o‘z tarixidagi eng yirik talafotlarga uchradi - ekspertlar
Jahon | 21:49
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga bordi, attestatsiyadan o‘tkazib berish evaziga pul so‘ragan shaxs ushlandi. Yerusti metrosining yana 6 ta bekati vaqtincha yopiladi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:43
-
Metrodagi profilaktika ishlarida qator kamchiliklar aniqlandi – Transport prokuraturasi
O‘zbekiston | 21:42
-
«Ular nima qilayotganini bilmaydi» - Tramp Erondan ham, Isroildan ham mamnun emas
Jahon | 21:21
Mavzuga oid

17:00 / 18.06.2025
Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

08:39 / 15.06.2025
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

20:07 / 12.06.2025
Haj ziyoratini ado etgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi Toshkentga qaytdi

17:00 / 12.06.2025