Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga 30 kunlik muddat bo‘yicha ish haqi to‘lanadi
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga 20 avgustdan 20 sentyabrgacha bo‘lgan muddat bo‘yicha ish haqlari to‘lanishi haqida xabar berdi.
2020 yil 24 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori e'lon qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, mazkur qarorga ko‘ra, xodimlarga ish hajmidan kelib chiqib, kunbay ishlash sharoitida har 30 kunlik davr uchun ish yuklamasini inobatga olgan holda har oylik ish faoliyati yakuni bo‘yicha quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus to‘lov belgilandi:
- vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million so‘m;
- boshqaruv va o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga – 15 million so‘m;
- provizor-farmatsevt xodimlarga – 10 million so‘m;
- dizenfektor va kichik tibbiyot xodimlariga – 8 million so‘m;
- boshqa xodimlarga – 5 million so‘m.
Shuningdek, anesteziolog-reanimatolog vrachlarga ham maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari hisob-kitob qilinadi va to‘lab beriladi.
Statsionar tibbiyot muassasalari hamda laboratoriyalarga jalb qilingan xodimlarga maxsus to‘lovlar:
- xodim joriy yilning 20 avgust kunigacha faoliyat yuritgan bo‘lsa, uning 14 kunlik faoliyati yakuni bo‘yicha hisob-kitob qilingan bo‘lishi kerak. Bunda, 14 kunlik faoliyati yakuniga qadar amalda bo‘lgan shartlar saqlab qolinadi.
- xodim joriy yilning 20 avgust kunidan keyin jalb qilingan bo‘lsa, 30 kunlik davr uchun har oy yakuni bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Bundan tashqari, mazkur qaror qabul qilingan sana, ya'ni 2020 yilning 24 sentyabriga qadar maxsus to‘lovlar amalga oshirilishida vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga - 25 million so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga 15 million so‘m, kichik tibbiyot xodimlariga 10 million so‘m va boshqa xodimlarga 5 million so‘m amalda bo‘lgan miqdorlari saqlab qolinadi.
Shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashtirilgan statsionar davolash muassasalari rahbarlari va bevosita davolash ishlari bilan shug‘ullanuvchi uning o‘rinbosarlariga vrachlar uchun belgilangan maxsus to‘lov, ya'ni 25 million so‘m miqdoridagi to‘lov tatbiq etiladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijon va Jizzaxda tibbiyot birlashmalariga pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:04
-
Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 19:36
-
Ronaldu Saudiya Arabistonida qoldi
Sport | 19:05
-
Uzbekistan Airways ikkita yangi Airbus A321neo samolyotlarini olib keladi
O‘zbekiston | 19:03
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024