Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon va Jizzaxda tibbiyot birlashmalariga pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Aniqlanishicha, Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasining kadrlar bo‘limi nazoratchisi ishga joylashtirish evaziga fuqarodan 500 dollar talab qilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Bosh prokuratura huzuridagi departament Paxtaobod va Do‘stlik tumanlari tibbiyot birlashmalariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasining kadrlar bo‘limi nazoratchisi B.X. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Jizzax shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda X.E. ismli shaxs fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni Do‘stlik tumani tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 21 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
AQSh Davlat departamenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi - AP
Jahon | 19:35
-
Amerikalik olimning mushugi ikkinchi marta yangi virusni topishga yordam berdi
Fan-texnika | 19:34
-
Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
Jamiyat | 19:14
Mavzuga oid

15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi

13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi

17:32 / 05.06.2023
Oyligi pastlagan shifokorlar: sog‘liqni saqlash vaziri o‘z buyrug‘ini himoya qiladimi?

15:27 / 14.02.2023