Koronavirus: Rasmiy statistikada kasallikdan davolanayotganlar soni 3 mingdan kamaydi
27 sentabr kuni O‘zbekistonda 448 kishida koronavirus aniqlanib, 507 kishi tuzalgani va 4 kishi vafot etgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi qatorasiga ikkinchi kun 500dan kam bo‘ldi.
Rasmiy statistikada jami holatlar soni 55 mingdan oshgan: hozirgacha 55 401 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 51 965 nafari tuzalgan.
Qurbonlar soni kamida 5 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha o‘lim holatlari soni 459 nafarga yetdi.
Yangi holatlar (+448)
Kun davomida respublikaning 9 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi kasallanish holatlari aniqlangan.
- Toshkent shahrida 260 holat;
- Namangan viloyatida 27 holat;
- Toshkent viloyatida 87 holat;
- Samarqand viloyatida 17 holat;
- Andijon viloyatida 15 holat;
- Surxondaryo viloyatida 12 holat;
- Farg‘ona viloyatida 12 holat;
- Jizzax viloyatida 11 holat;
- Qoraqalpog‘istonda 7 holat.
Tuzalganlar (+507)
Kun davomida respublikaning 10 hududida jami 507 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 51 ming 965 nafarga yetdi (94 foiz).
- Toshkent shahrida 339 nafar,
- Toshkent viloyatida 92 nafar,
- Andijon viloyatida 14 nafar,
- Samarqand viloyatida 13 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
- Jizzax viloyatida 10 nafar,
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar,
- Surxondaryo viloyatida ham 8 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
- Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.
SSV 27 sentabr kuni yana 5 nafar bemor vafot etgani va shu vaqtgacha rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 459taga yetgani haqida xabar qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2 977 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 725 nafari og‘ir, 299 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023