Le Figaro O‘zbekistonning pandemiyada davridagi harakatlarini ijobiy baholadi

Foto: KUN.UZ
Fransiyaning yetakchi nashrlaridan biri bo‘lgan «Le Figaro» gazetasi Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi chiqishiga bag‘ishlangan maqolalarni e'lon qildi. Ularda O‘zbekistondagi qator ijobiy o‘zgarishlar tilga olingan.
Maqolalarda O‘zbekiston prezidentining 75-sessiyada ilgari surgan tashabbuslari ijobiy baholangan.
“Pandemiyaga qaramay, O‘zbekiston Jahon bankining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi va hatto undan tashqarida ham ijobiy o‘sish sur'atiga ega bo‘lgan yagona mamlakat bo‘ladi. COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarning qabul qilinishi o‘lim sonini hozirgi kunda 34 millionlik aholiga nisbatan 500tadan kam holat bilan cheklash imkonini berdi”, deyiladi “O‘zbekiston: Markaziy Osiyoda “yangilanish shamoli” sarlavhali maqolada.
Nashr mamlakatda inson huquqlari sohasidagi o‘zgarishlarni ham e'tirof etgan.
“Hozirgi kunda mamlakatda jamiyatning ikki toifasi vakillariga – ayollar va bolalarga alohida e'tibor berilmoqda.
Jamiyatning barcha qatlamlarida gender tengligini ta'minlashga va qaror qabul qilish jarayonida zaif jins vakillari ulushining oshirilishiga yo‘naltirilgan Gender tengligini ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyaning tashkil etilishi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida ilk bor Parlamentning yuqori palatasida ayol kishi raislik qilmoqda. Mamlakatda “Xotin-qizlar huquqlariga nisbatdan barcha turdagi kamsitilish shakllariga barham berish Milliy dasturi amalga oshirilmoqda”, deb yozadi Le Figaro.
Eslatib o‘tamiz, 23 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zladi. Prezident nutqida epidemiologik inqiroz davrida davlatlar majburiyatlarining xalqaro kodeksini ishlab chiqish, qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikni qisqartirishga bag‘ishlangan global sammitlar o‘tkazish, Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish to‘g‘risida maxsus rezolyutsiya qabul qilish kabi takliflar ilgari surdi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
3 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:44
-
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Jamiyat | 22:38
-
Andijonda Hyundai haydovchisi 5 ta mashina bilan YTH sodir etdi
Jamiyat | 22:28
Mavzuga oid

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

14:10 / 14.05.2025