Koronavirus: So‘nggi bir kunda 500dan ziyod yangi holatlar aniqlandi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 50 mingdan oshdi
24 sentabr kuni O‘zbekistonda 519 kishida koronavirus aniqlanib, 609 kishi tuzalgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi so‘nggi uch kun davomida 600dan kam bo‘lmoqda.
Rasmiy statistikada jami holatlar soni 53 mingga yaqinlashdi: hozirgacha 53 966 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 50 441 nafari tuzalgan.
Qurbonlar soni kamida 3 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 447 nafarga yetdi.
Yangi holatlar (+519)
So‘nggi kunlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan keyin kasallik eng ko‘p qayd etilgan viloyat bo‘lgan Namanganda 24 sentabr kuni yangi holatlar haqida e'lon qilinmadi.
- Toshkent shahrida 253 holat;
- Toshkent viloyatida 128 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 35 holat;
- Surxondaryo viloyatida 19 holat;
- Buxoro viloyatida 13 holat;
- Jizzax viloyatida 25 holat;
- Samarqand viloyatida 12 holat;
- Sirdaryo viloyatida 12 holat;
- Farg‘ona viloyatida 7 holat;
- Andijon viloyatida 7 holat;
- Navoiy viloyatida 5 holat;
- Qoraqalpog‘istonda 3 holat.
Tuzalganlar (+609)
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 yuqtirib olgani tasdiqlangan bemorlarning 93 foizi tuzalib chiqqan.
- Toshkent shahrida 359 nafar;
- Toshkent viloyatida 121 nafar;
- Namangan viloyatida 60 nafar;
- Jizzax viloyatida 28 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 19 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 7 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 6 nafar;
- Andijon viloyatida 5 nafar;
- Navoiy viloyatida 2 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
O‘lim holatlari (+3)
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun vafot etgani tasdiqlangan uch nafar bemor haqida ham hech qanday qo‘shimcha ma'lumot bermadi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 078 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 548 nafari og‘ir, 469 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga bordi, attestatsiyadan o‘tkazib berish evaziga pul so‘ragan shaxs ushlandi. Yerusti metrosining yana 6 ta bekati vaqtincha yopiladi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:43
-
Metrodagi profilaktika ishlarida qator kamchiliklar aniqlandi – Transport prokuraturasi
O‘zbekiston | 21:42
-
«Ular nima qilayotganini bilmaydi» - Tramp Erondan ham, Isroildan ham mamnun emas
Jahon | 21:21
-
Eronning «Basij» maxsus xizmati rahbari halok bo‘ldi
Jahon | 21:17
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023