O‘zbekiston | 20:45 / 23.09.2020
2113
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahrida Qozog‘istonning bosh konsulligi ochiladi

Qozog‘iston Respublikasi hukumatiga bosh konsullikni ochish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

Foto: e-cis.info

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun, 23 sentabr sanasi bilan Qozog‘iston Respublikasining Samarqand shahridagi bosh konsulligini ochish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon Oqo‘rda rasmiy saytida e'lon qilindi.

Farmon matnida O‘zbekiston Respublikasining Samarqand shahrida Qozog‘iston Respublikasining bosh konsulligini ochish haqida so‘z boradi.

Qozog‘iston Respublikasi hukumatiga mazkur farmondan kelib chiqadigan zarur choralarni ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

Farmon imzolangan kun — 23 sentyabrdan boshlab kuchga kirgan.

Mavzuga oid