Jahon | 15:04 / 06.09.2020
8289
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi issiq havo tarixiy rekordni yangiladi

AQSh milliy meteorologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 5 sentyabrda Kaliforniya shtatining 10 ta okrugida kunduzgi havo harorati rekord darajagacha isidi.

Foto: Getty Images / Kevork Djansezian

Jumladan, Vudlend-Xillzda harorat soat 15ga kelib 47 darajagacha isigan. Bu kun 1979 yil sentyabrda qayd qilingan harorat rekordini yangilab, ushbu oy uchun tarixdagi eng issiq kun bo‘ldi. 

6 sentyabrda shtatning ba'zi joylarda harorat yanada ko‘tarilishi mumkin. Jumladan, Vudlend-Xillzda 48 daraja harorat o‘rnatilishi kutilmoqda. 

Oxirgi 100 yillikda Kaliforniyada joylashgan Los-Anjyeles shahrida o‘rtacha yillik harorat 5 darajaga ko‘tarilgan. Biroq shu davr ichida shtatning o‘zi uchun avgust va sentyabrdagi o‘rtacha harorat 8-9 darajaga oshgan. Mutaxassislar buni global issiqlik bilan bog‘lashmoqda.

Mavzuga oid