Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘lda xalqqa “baliq emas, qarmoq beriladi”
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdagi to‘qqizinchi sessiyasi prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 20 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlandi.
Unda tuman kengashiga saylangan deputatlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilotlarning rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan sektor rahbarlarining hisoboti eshitildi. Hududdagi 56 ta mahallada istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalarga har jihatdan ko‘mak berish, “Temir daftar”ga kiritish va ularni bosqichma-bosqich hisobdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish orqali ish o‘rinlarini yaratish, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar, qishloq xo‘jaligi, qurilish kabi sohalardagi masalalarga e'tibor qaratildi.
Tumanda 2 ming 425 ta oila va ularning 10 ming 262 nafar a'zosi “Temir daftar”ga kiritilgan. Tuman hokimi Nazirjon O‘rinboyev ta'biri bilan aytganda, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta'minlash maqsadida ularga “baliq emas, qarmoq berildi”. Ya'ni yuqoridagi oilalarning a'zolarini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga hamda korxona va tashkilotlarga jalb etildi. Shu kungacha xonadonlarga subsidiya mablag‘lari ajratilib, 150 ta issiqxona qurildi. Shuningdek, 3 ming 140 bosh quyon, 1 ming 204 bosh naslli echki, 130 ming bosh parranda tarqatildi.
Sessiyada Oliy Majlis Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizmni rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi R. Alimov qatnashib, xalqni rozi qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan isloxotlarning tub mazmun-mohiyati xususida fikr bildirdi.
Sessiya yakunida hisobot yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda qaror loyihasi qabul qilindi.
Jahongir Sodiqjonov
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davomli jazirama kunlar kelyapti
O‘zbekiston | 10:21
-
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Jamiyat | 10:08
-
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin
Jahon | 10:03
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
Mavzuga oid

16:26 / 13.02.2025
Andijonda ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

09:58 / 02.11.2024
Oltinko‘lda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

07:40 / 28.06.2024
Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

10:54 / 16.05.2024