YeChL. «Bavariya» «Barselona»ni 8:2 hisobida yengib, yarimfinalga chiqdi

Foto: Getty Images
YeChLda yana bir yarimfinalchi aniqlandi. «Barselona»ni 8:2 hisobida yenggan «Bavariya» yarimfinalga chiqdi.
Birinchi bo‘lim to‘liq «Bavariya»ning ustunligi ostida o‘tdi. Dastlabki 31 daqiqaning o‘zida nemislar to‘rtta gol urishdi. Tomas Myuller dubl qayd etgan bo‘lsa, Ivan Perishich va Serj Gnabrilar bittadan gol urishdi. 7-daqiqada esa David Alaba o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim avvaliga Suares biroz hisobni qisqartirgandi, ammo 63-daqiqada Kimmix Devisning reydidan so‘ng hisobni yana yirik ko‘rinishga keltirdi — 2:5.
Keyin faqat «Bavariya» gol urdi. Koutino dubl qayd etgan bo‘lsa, Levandovskiy ham bitta gol urdi. Yarimfinalda «Bavariya» «Manchester Siti» yoki «Lion»ga qarshi o‘ynaydi.
YeChL. Chorakfinal
Barselona – Bavariya 2:8
Gollar: 0:1 – 4 Myuller, 1:1 – 7, avtogol Alaba, 1:2 – 21 Perishich, 1:3 – 27 Gnabri, 1:4 – 31 Myuller, 2:4 – 57 Suares, 2:5 – 63 Kimmix, 2:6 – 82 Levandovski, 2:7 – 85 Koutino, 2:8 – 89 Koutino.
Barselona: ter Stegen, Langle, Alba, Pike, Serdji Roberto (Grizmann, 46), de Yong, Buskets (Fati, 70), Vidal, Semedu, Suares, Messi.
Bavariya: Noyyer, Alaba, Kimmix, Boateng (Zyule, 76), Gnabri (Koutino, 75), Devis (Lyuka Ernandes, 84), Alkantara, Perishich (Koman, 67), Goretska (Tolisso, 84), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Boateng (42), Devis (52), Suares (54), Alba (59), Kimmix (85), Vidal (90).
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025