Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zekspomarkaz»da Taqsimlash markazi ish boshladi
Toshkentda Covid-19 kasalligiga gumon qilinganlarga aniq tashxis qo‘yish va zarur birinchi yordamni ko‘rsatishga xizmat qiluvchi Taqsimlash markazi ish boshladi.
Bugun, 23 iyul kuni Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «O‘zekspomarkaz»dagi Taqsimlash markaziga borib, bu yerdagi sharoitlar va mazkur maskanning bemorlarni qabul qilishga qanchalik tayyorligini ko‘zdan kechirdi.
«Markaz bilan tanishish jarayonida bu yerga keluvchilarning xavfsizligini ta'minlash, ularni taqsimlash va joylashtirish uchun yaratilgan sharoitlarga e'tibor qaratdi.
Ta'kidlash joiz, Covid-19 kasalligiga gumon qilinganlarga aniq tashxis qo‘yish va zarur birinchi yordamni ko‘rsatish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur markaz bemorlarni qabul qilishga deyarli tayyor.
Bu yerda virus borligiga gumonlangan shaxslar vaqtincha saqlanib, ularga birinchi tez yordam ko‘rsatiladi va tashxis qo‘yilganidan keyin salomatligining holatiga ko‘ra shahrimizdagi davolash-profilaktika muassasalariga yo‘naltiriladi», deyiladi Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Zarurat yuzaga kelganda bu yerdan shifoxona sifatida foydalanish uchun ham kerakli sharoitlar yaratilgan, buning uchun markaz talab etilgan tibbiyot jihozlari va uskunalari bilan ta'minlangan.
Markazda 250 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Bu yerga shahrimizning turli hududlaridan Covid-19’ga gumonlanganlar olib kelinadi.
«Markazda infeksionist, virusolog va boshqa qator tor mutaxassislar jamlangan hamda test va tahlillarni o‘tkazish uchun zarur sharoit yaratilgan.
Bemorlar uchun shifoxonalardagi kabi sharoitlar yaratilgan, zarur barcha tibbiyot jihozlari va uskunalari ta'minoti yetarli darajada yo‘lga qo‘yilgan.
Bu yerga olib kelingan fuqarolar to‘liq tahlildan o‘tkazilganidan so‘ng, kasallik darajasi va salomatligining holatiga ko‘ra, shifoxonalarga yo‘naltiriladi. Xastalik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanishni ma'qul deb bilganlar esa uyida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan holda davolanishga yuboriladi.
Ushbu Taqsimlash markazining ishga tushirilishi Covid-19’ni tashxislash va ushbu virusni yuqtirganlarni tibbiyot muassasalariga taqsimlash hamda samarali davolashda muhim vazifani bajaradi», xabarda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yunusobodda ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y berdi
Jamiyat | 09:35
-
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 09:22
-
Isroilning G‘azoga hujumida 39 falastinlik, jumladan, bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 08:58
-
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:47
Mavzuga oid

17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida

12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi

20:36 / 02.03.2024
«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi

17:29 / 08.02.2024