Volgogradda o‘zbekistonlik o‘n nafar talabada koronavirus aniqlandi
Volgograd davlat agrar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar COVID-19’ga test topshirishgan, o‘n nafar talabada test musbat natija bergan. Dunyo axborot agentligining qayd etishicha, talabalar mahalliy shahar kasalxonasiga yotqizilgan.

Foto: Denis Abramov
«Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, ayni paytda universitet administratsiyasi bilan aloqa o‘rnatilib, vaziyat nazoratga olingan.
Kasallikka chalingan 10 nafar talaba COVID-19 dan davolanishga ixtisoslashgan shahar shifoxonasiga yotqizildi.
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilar Volgograd davlat agrar universitetining talabalar turar joyi binosida karantinga olingan», deyiladi agentlik xabarida.
16 mart kuni O‘zbekiston hukumati koronavirus tarqalishi xavfi tufayli boshqa davlatlar bilan transport aloqalarini to‘xtatgan bo‘lib, xorijiy mamlakatlarda qolib ketgan vatandoshlar O‘zbekistonga maxsus (charter) reyslar orqali olib kelinmoqda. TIVning ma'lum qilishicha, 15-20 iyun kunlari Rossiyadan 1 ming 118 o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan.
15 iyundan boshlab O‘zbekiston koronavirus bilan bog‘liq vaziyat rivojlanayotgan mamlakatlar – Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Isroil bilan parvozlarni qayta boshladi. Rossiyaga parvozlar maxsus reyslar shaklida davom etadi, maxsus komissiya qaroriga ko‘ra ushbu davlatdan olib kelinadigan yo‘lovchilar 14 kunlik majburiy karantinga joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

15:16 / 01.05.2025
Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi

13:29 / 05.04.2025
Volgogradda 11 nafar o‘zbekistonlik vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgani aytildi

11:45 / 03.02.2025
Astraxan va Volgograd oblastlariga dronlar hujum qildi

19:10 / 26.08.2024