Chashma bulog‘i panjara bilan o‘raladi, So‘x–Rishton yӯlini ochish masalasi ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov So‘xdagi mojaro ro‘y bergan hududga tashrif buyurib, mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Abdulla Aripov mojaro sabab yonib ketgan O‘zbekistondagi uchta xonadon qisqa muddatda tiklab berilishini ma'lum qildi.

Foto: So‘x tumani hokimligi

So‘x tumani matbuot xizmati xabar berishicha, janjal natijasida Ӯzbekiston Respublikasi hududidagi uchta xonadonda yong‘in kelib chiqqan.


«Zarar kӯrgan oilalar xonadonlarini qisqa muddatda tiklab beramiz. Chashma bulog‘i bu mӯ'jiza, insonlarga yaratgan egam tomonidan berilgan ne'mat. Shuning uchun, bu muqaddas chashmadan ham bizning fuqarolar, ham qӯshni respublika fuqarolari birdek foydalanishadi», degan Abdulla Aripov.
Kelishuvga binoan, chashma bulog‘ining atrofi panjara bilan ihotalanib, uning hududida zamonaviy dam olish maskani barpo etiladigan bӯldi.

Uchrashuvda So‘x tumani aholisi bosh vazirga ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar haqida gapirib, ularning yechilishida amaliy yordam kӯrsatishni talab qilishdi. Ӯzbekiston bosh vaziri tashabbusi bilan yaqin kunlarda tumanda obodonchilik ishlari boshlanishi ma'lum qilindi.

Obodonlashtirish ishlariga 1000 nafar yoshlar jalb etilishi ta'kidlandi. Qӯshni respublika bilan kelishilgan holda yaylovlardan foydalanish, suv muammosini hal etish, tumanda joylashgan Qayroq, Javpaya, Toyon massivlarini ӯzlashtirish va shu yӯl bilan aholi ӯrtasida ishsizlik muammosini hal etilishiga erishish ham qayd etildi.

Mahalliy aholini qiynayotgan eng asosiy masala – yӯl muammosi ham ӯrtaga tashlandi. So‘x–Rishton yӯli ham ikki davlat hukumatining ӯzaro kelishuviga binoan ochilishi ham ta'kidlanib ӯtildi. So‘x tumaniga koridor ochib berish masalasi ham uchrashuv davomida kӯrib chiqildi.

Shuningdek, ikki davlat ӯrtasidagi hal etilmagan hududlar bӯyicha ham delimitatsiya va demarkatsiya ishlari bir vaqtda amalga oshirilishi alohida aytib ӯtildi. Uchrashuv davomida bosh vazir koronavirus pandemiyasi tufayli Farg‘onada qolgan 300 nafardan ortiq so‘xliklar So‘x tumaniga olib kelinishini ta'kidladi. Shu bilan birgalikda, So‘x tumanida viloyatning boshqa shahar va tumanlaridan turli yumushlar bilan kelgan 100dan ortiq kishi qolib ketgan.
«Chechme-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida ikki davlat fuqarolarining uchrashuvi ham bӯlib ӯtgan.
Uchrashuvga Abdulla Aripov va Kubatbe Boronov boshchilik qilishgan. Uchrashuvda ikki xalq va millatning dӯstligi, ӯzaro hamjihatlik rishtalari asrlarga tatigulik ekanligi qayd etildi.
«Bizning dӯstligimiz ming yillardan sarchashma oladi. Bizning bozorimiz ham, mozorimiz ham bir. Bӯlib ӯtgan voqealardan zaruriy xulosa chiqarib, dӯstligimizni mustahkamlashga albatta erishamiz», deyishdi xalq vakillari.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi

15:46 / 13.05.2025