Dunyoda bo‘sh bo‘lgan yirik neft tankerlari deyarli qolmadi
Neft qazib oluvchi kompaniyalar “qora oltin”ni quruqlikda va yirik neft tankerlarida saqlashga joylar qolmagani sababli kichikroq sig‘imdagi kemalarni qidirishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Getty Images
Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 2 mln barrelgacha neft sig‘dira oladigan VLCC sinfidagi yirik tankerlarga talab pasaymoqda, chunki hozirda bunday bo‘sh kemalarni topish amrimaholdir. Shu sababli ularni yollash (fraxt) narxi ham tusha boshlagan. Hozirda VLCC sinfidagi tankerlarni yollash narxi kuniga 167 ming dollargacha tushib ketdi.
Aksincha, kichikroq sig‘imga ega tankerlarga talab va narx oshib ketdi. Gap 800 ming barrelgacha neft oladigan Long Range 2 va sig‘imdorligi 345 mingdan 615 ming barrelgacha bo‘lgan Long Range 1 turidagi tankerlar haqida bormoqda. Long Range 2 fraxti narxi rekord darajagacha - kuniga 173 ming dollargacha, Long Range 1 fraxti narxi esa 2 barobarga qimmatlashib, kuniga 112 ming dollargacha oshib ketdi.
Quruqlikdagi aksariyat omborlar to‘lib bo‘lgani yoki ijaraga berilgani sababli neft tankerlariga murojaat qilishga to‘g‘ri kelmoqda.
Neft treyderlarining aytishicha, fraxt narxi oshishiga ta'sir qilayotgan boshqa omillar ham bor. Jumladan, koronavirus pandemiyasi sababli ko‘plab portlarda, ayniqsa AQShda, neft tushirish qiyinlashgan. Bu esa tankerlarning ularni bo‘shatish sezilarli ushlanishlarsiz amalga oshiriladigan davlatlarga qayta yo‘naltirilishiga olib kelmoqda.
“Fraxtga joriy rekord narxlar aniq uzoq vaqt saqlanib qolmaydi, biroq tankerlar taqchilligi mavjud ekan, narxlar yaqin oylarda yuqori bo‘ladi”, deb aytgan Clarksons tahlilchisi Frode Merkedal
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46
-
Dunyoda qiz homilani abort qilish keskin kamaydi: qanday qilib?
Jahon | 21:41
-
Isroil mudofaa vaziri Eron rahbarini yo‘q qilish kerakligini aytdi
Jahon | 21:20
-
Buxorodagi davlat bog‘chasida metodist va mudira tarbiyachini bolalar oldida urdi
Jamiyat | 21:17
Mavzuga oid

17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV

19:59 / 25.04.2025
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:44 / 07.04.2025