Saudiya Arabistoni zudlik bilan OPeK+ mamlakatlari uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi
2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi.

Foto: middleeastmonitor
Saudiya Arabistoni OPeK+ qatnashchi-davlatlari va boshqa davlatlarni zudlik bilan uchrashuv o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda SPA agentligi xabar berdi.
"Qirollik neft bozoridagi muvozanatni tiklash uchun adolatli kelishuvga erishish maqsadida OPeK+ va boshqa mamlakatlar guruhini shoshilinch uchrashuv o‘tkazishga chaqiradi. Bu chaqiriq qirollikning jahon iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha doimiy sa'y-harakatlari va AQSh prezidenti Donald Trampning iltimosiga hurmat belgisi ekanligini anglatadi", - deyiladi xabarda.
30 mart kuni Rossiya prezident Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qilib, jahon neft bozori holati bo‘yicha fikrlar almashishgan va bu masalada energetika vazirlari darajasida ikki tomonlama maslahatlashuv o‘tkazishga kelishib olishgani xabar qilingandi.
2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi.
Londondagi ICE birjasida Brent rusumidagi neft narxi 9,4 foizga oshdi va 27,31 dollarni tashkil etdi. WTI rusumidagi neft narxi 8 foizga ko‘tarilib, 22 dollarga yetdi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

08:23 / 05.06.2023
OPeK+ davlatlari neft qazib olish rejasini qisqartiryapti

08:07 / 04.08.2022
OPeK+ neft qazib olishni biroz oshirishga kelishib oldi

15:07 / 07.02.2022
Yevropada Rossiya nefti narxi rekord darajada qimmatladi

12:18 / 19.01.2022