TIV Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bo‘yicha ma'lumot berdi
Charter reyslari uchun fuqarolar ro‘yxatini shakllantirishda birinchi galda og‘ir kasallikdan aziyat chekayotganlar, homiladorlar va yosh bolali ayollar, qariyalar, «Uzbekistan Airways» aviakompanisining 16 martdan 21 martgacha bo‘lgan davrdagi bekor qilingan reyslari uchun chiptaga ega yo‘lovchilar inobatga olinadi.

Foto: KUN.UZ
Rossiya va boshqa davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolarini yurtga qaytarish bo‘yicha savollarga AOKA qoshida koronavirusga qarshi maxsus tashkillashtirilgan shtabda «O‘zreport» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilgan efir chog‘ida Jahongir Xidayxodjayev javob berdi
Rossiyadagi elchixonamiz nega brifing uyushtirib, ma'lumot bermayapti?
– Koronavirus tarqalishi munosabati bilan Rossiya hukumati ommaviy tadbirlar uyushtirishga cheklov qo‘ygan. Ushbu virus tarqalishining oldini olish maqsadida elchixona o‘tkazadigan barcha tadbirlar bekor qilingan. Diplomatlarning ham ommaviy tadbirlarda ishtirokiga cheklov qo‘yilgan.
Rossiyadagi fuqarolarimizni tezkor ma'lumotlar bilan ta'minlash maqsadida elchixonaning rasmiy veb sayti ishlab turibdi, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yangilanib turibdi. Ularda 16 martdan beri jami 43 ta material joylashtirilgan.
Moskva aeroportida uch kundan buyon qolib ketdik, yotishga joyimiz yo‘q. Bu muammo qachon va qanday hal qilinadi?
– Bu murojaat bo‘yicha kecha tezkor chora tadbirlar ko‘rildi. Moskvadagi aeroportdagi fuqarolarimiz mehmonxonalarga joylashtirildi. Hozir bu muammoni endi hal qilindi desak ham bo‘ladi. Charter reys tashkillashtirilgunga qadar Moskva aeroportlaridagi fuqarolarimiz vaqtincha turar joy bilan ta'minlanmoqda. Bu uchun Moskvadagi elchixonamizga moliyaviy mablag‘lar ajratildi. Bu borada boshqa yo‘nalishlardagi ishlar ham davom ettiriladi.
Eslatib o‘taman, bu faqat O‘zbekistonning emas, butun dunyo davlatlarini o‘ylantirayotgan muammo. Nafaqat Rossiyadagi, balki boshqa davlatlardagi fuqarolarimizdan ham bunday vaziyatda xotirjamlikni saqlashni so‘ragan bo‘lardim.
Rossiyadan qaytuvchilar ro‘yxatiga kirish uchun nima qilish kerak?
– Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi yoki Rossiyada joylashgan Bosh konsulxonalarimiz huzurida fuqarolarimizning murojaatlariga tezkor javob qaytarish bo‘yicha tuzilgan shtablarga telefon yoki boshqa aloqa vositalari orqali murojaat qilib, vatanga qaytish istagi borligini va o‘zini shunday ro‘yxat qo‘shishni so‘rash kerak.
Bunda fuqaromizdan o‘z pasporti nusxasini operativ shtab elektron pochtasiga yuborish va o‘zi turgan manzil haqida xabar berishi so‘raladi.
Agar qo‘lida «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining bekor qilingan reyslari uchun chiptasi bo‘lsa, uni ham taqdim qilish tavsiya etiladi.
Moskvadan 19 martda uchib ketish uchun olgan chiptam kuydi. Endi bizni olib ketish uchun keladigan charter reys uchun ham chipta olishim kerakmi?
– Davlat rahbarining topshirig‘iga binoan 21 martdan boshlab, charter reyslari orqali chet eldagi, xususan Rossiyadagi fuqarolarimizni olib kelish tashkil etiladi. «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining bekor qilingan reyslariga chiptalari tashkil qilinadigan charter reyslar uchun o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Charter reyslari uchun fuqarolarimiz ro‘yxatini shakllantirishda og‘ir kasallikdan aziyat chekayotganlar, homiladorlar va yosh bolali ayollar, qariyalar, «Uzbekistan Airways» aviakompanisining 16 martdan 21 martgacha bo‘lgan davrdagi bekor qilingan reyslari uchun chiptaga ega hamyurtlarimiz birinchi galda inobatga olinadi.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025