22 martdan Toshkentda jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan vaqtda yo‘nalishsiz taksilarda tashish bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan yo‘l haqlarini sun'iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi.

Foto: KUN.UZ
22 martdan e'tiboran mulkchilik shaklidan qat'iy nazar tashuvchilar tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti (avtobus, metro va yo‘nalishli taksi) harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga ko‘ra:
• yo‘lovchilar gavjum yig‘iladigan maskanlar, metro bekatlarida Toshkent shahrida barcha jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar beriladi;
• shahardagi shifoxonalarning tibbiy jamoasini ishga va uyga tashish uchun ularning xodimlari soniga ko‘ra, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining buyurtmalari asosida kerakli miqdorda maxsus dezinfeksiya qilingan alohida avtobuslar ajratiladi;
• jamoat transporti o‘rniga vaqtincha Toshkent shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.
Har kuni yo‘nalishga chiqqan har bir taksiga shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan dezinfeksiya qilinganligi haqida ma'lumotnoma berib boriladi.
Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan vaqtda yo‘nalishsiz taksilarda tashish bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan yo‘l haqlarini sun'iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
Jahon | 10:48
-
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi
O‘zbekiston | 10:46
-
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
O‘zbekiston | 10:27
Mavzuga oid

19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24 / 20.05.2025