O‘zbekiston | 00:45 / 19.03.2020
27548
2 daqiqa o‘qiladi

«Mahallalarda Milliy gvardiya va IIB o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘ladi» - Prezident

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Shavkat Mirziyoyev bugun mahalla va oila muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilishda hududlarda jinoyatchilik ortganiga to‘xtaldi. Bu borada yangicha tizim yaratilishini bildirdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri. 

Prezident rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda Nukus, Qarshi va Angrenda oshkora jinoyatchilik ortgani haqida gapirildi. Umuman, respublika bo‘yicha jami 1675 ta mahallada kriminogen vaziyat yuzaga kelgan.  

«Endi mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish, jamoat tartibini saqlashga milliy gvardiya ham jalb qilinadi. Toki mahallalarimiz haqiqatan obod va xavfsiz hududga aylansin. 

IIB ham o‘z vazifasini bajaradi, milliy gvardiya ham. Ijobiy ma'noda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat paydo bo‘lishi lozim. Milliy gvardiya o‘z navbatida vaziyat bo‘yicha shaxsan prezidentga hisob beradi. Jinoyatni yashirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Birorta ham ochilmagan jinoyat bo‘lmasligi kerak», — dedi Sh.Mirziyoyev.

Prezident yig‘ilishda viloyat va shahar, tuman hokimlari faoliyatiga hududlarda jinoyatchilik, kambag‘allik, ishsizlik kamayishiga qarab baho berishini ma'lum qildi.

Mavzuga oid