Hollivud pandemiya sababli 20 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Koronavirus infeksiyasi fonida AQSh kinosanoati daromadlari tushib bormoqda: kinoteatrlar yopilishi bois tushumlar kamaymoqda, studiyalar esa premeralar va yirik loyihalarni to‘xtatishi ortidan daromadlardan mahrum bo‘lishi mumkin.

Foto: RICH FURY/GETTY IMAGES
COVID-19 pandemiyasi oqibatida butun Shimoliy Amerikadagi kinoteatrlarda chiptalar sotilishi 20 yil ichida ilk bor minimumga tushib ketishiga olib keldi, deb yozadi The Hollywood Reporter. Oxirgi uik-endda 55,3 mln dollar to‘plandi. Hattoki 2001 yilda 11 sentabr fojiasidan keyin ham birinchi uik-endda kassa yig‘imlari 66,3 mln dollarni tashkil etgandi.
Butun dunyoda kinoteatrlar yopilishi va ommaviy tadbirlar bekor qilinishi oqibatida xalqaro tushumlar 7 mlrd dollarga kam bo‘ldi. Tahlilchilar agar vaziyat o‘nglanmasa, yo‘qotishlar keyingi oylarda 17 mlrd dollargacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Koronavirus ko‘plab studiyalarni tayyor filmlar premerasini ortga surishga va yangi filmlar ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur qildi. «O‘lish vaqti emas» filmi premerasining ortga surilishi MGM studiyasiga 30–50 mln dollarga tushadi, «Tinch joy 2» premerasining bekor bo‘lishi oqibatida Paramaunt 30 mln dollar yo‘qotadi.
Disney «Shan-Chi va o‘n uzuk afsonasi» hamda «Suv parisi» filmlarini suratga olishni to‘xtatishi ortidan kuniga 300–350 ming dollar zarar ko‘radi.
Katta ekranlarga chiqishga ulgurgan filmlar bilan ham ishlar ko‘ngildagidek emas. Masalan, «Olg‘a» animatsion filmi tushumi to‘rtinchi uik-endga kelib 73 foizga tushib ketdi.
Lionsgate studiyasining «Sevgiga ishonaman» filmi kutilgan 14 mln dollar o‘rniga 9,5 mln dollar to‘pladi. Vin Dizel ishtirokidagi «Bladshot» fantastik filmi 9,3 mln dollar yig‘di. «Ov» trilleri dastlabki uin-endda atigi 5,3 mln dollar to‘pladi.
15 mart holatiga ko‘ra, dunyoning 32 mamlakatida kinoteatrlar yopilgan. Yana 15 mamlakatda kinozallar vaziyatdan kelib chiqib ishlash jadvalini o‘zgartirdi. Birgina AQShda bir hafta ichida 5400 ta kinoteatr faoliyati to‘xtatildi.
Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi esa amerikaliklarga kelgusi sakkiz hafta davomida 50dan ortiq kishi to‘plangan tadbirlarga bormaslikni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025