Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nomusga tegish holati bo‘yicha ekspertiza imkon qadar tezroq o‘tkazilishi kerak – ekspert
Nomusga tegish holati bo‘yicha ekspertiza 72 soat ichida o‘tkaziladi, bunday vaziyatda fuqaro imkon qadar qisqa fursatda ichki ishlar organlariga murojaat qilishi kerak
Respublika sud ekspertiza markazining Odam DNK sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Dilobar Ahmedovaning Kun.uz'ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, chunki bunday ekspertizalar tergov yoki sud organlari tomonidan tayinlanadi.

“Bunday turdagi ekspertizalar tergov organining qarori yoki sudning ajrimiga asosan o‘tkaziladi. Nomusga tegish jinoyati jinsiy erkinlikka qarshi sodir etilgan jinoyatlar sirasiga kiradi. Afsuski, hayotimizda bunday holatlar uchrab turadi. Fuqaro jinsiy tajovuzga uchragan bo‘lsa, u zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishi va mazkur hodisaga taalluqli bo‘lgan ashyoviy dalillarni taqdim qilishi kerak. Shundan keyin jabrdiyda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ekspertizaga tibbiy ko‘rik davomida olingan surtmalar taqdim etiladi.
Nomusga tegish holati bo‘yicha dastlabki sud-biologik ekspertizalar Respublika sud ekspertiza markazida emas, balki Respublika sud tibbiy ekspertiza amaliy markazi hamda uning mintaqaviy byurolarida o‘tkaziladi. Ilmiy adabiyotlarda yuvinmagan holatdagi ayol tanasida erkak urug‘i 72 soatgacha saqlanishi qayd etiladi. Keyin organizmga singib ketadi. Shunga ko‘ra jinsiy tajovuz ro‘y berganda imkon qadar qisqa muddatlarda murojaat qilgan maqsadga muvofiq”, deydi u.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, ekspertiza xulosasiga ko‘ra haqiqatan ham jinsiy zo‘rlik alomatlari aniqlansa, bundan tashqari, ashyoviy dalillarda, begona ayol tanasida erkak urug‘i topilgan taqdirdagina jinoyatni sodir etgan shaxsning kimligiga oydinlik kiritish uchun DNK ekspertizasi tayinlanadi.
“DNK ekspertizasi orqali jinsiy zo‘ravonlik jinoyati bir yoki bir necha shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlanadi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra ushbu jinoyat gumondagi shaxslar yoki boshqalar tomonidan sodir etilganiga oydinlik kiritiladi.
Bunday ekspertizalar faqatgina tergov yoki sud organlari hujjatlari bilan tayinlanadi, xususiy murojaatlar bo‘yicha bunday ekspertiza o‘tkazilmaydi”, deydi markazning Dilobar Ahmedova.
Avvalroq O‘zbekistonda shajarani aniqlash imkonini beruvchi yangi ekspertiza turi joriy etilishi, otalikni aniqlash bo‘yicha DNK ekspertizasini o‘tkazish narxi ma'lum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

18:26 / 16.05.2025
Olimlar og‘ir bemor chaqaloq hayotini DNK tahriri orqali saqlab qoldi

13:47 / 28.04.2025
NHH loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi

12:46 / 29.03.2025
Atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha yagona tizim yaratiladi

18:30 / 04.02.2025