Ruhoniy Trampning «asr kelishuvi»ni «asrning eng qabih rejasi» deb atadi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh prezidenti Donald Trampning Falastin va Isroil mojarosini barqarorlashtirish bo‘yicha taklif etgan rejasini «asrning eng g‘aribona rejasi» deb atadi.

«Bu ahmoqona urinishlar jonga tegdi. Bu asrning eng qabih rejasi», – deya yozgan Ruhoniy tvitterdagi sahifasida.
Ayni vaqtda Falastindagilar ham BMT Xavfsizlik kengashiga amerikaliklarning loyihasi qoralangan rezolyutsiya loyihasini kiritmoqchi. Bu haqda jurnalistlarga Falastinning tashkilotdagi maxsus vakili Riyoz Mansur ma'lum qilgan, uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat rahbari Mahmud Abbos yaqin kunlar ichida Xavfsizlik kengashida chiqish qilib, Falastinning «asr kelishuvi» bo‘yicha pozitsiyasini ma'lum qiladi.
28 yanvar kuni Donald Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan birga chiqishida Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish rejasini taqdim etdi.
Tramp Al-Quds sharqida Falastin davlatini yaratish taklifini bildirib, Al-Quds Isroilning «ajralmas poytaxti» ekanligini ma'lum qilgan. Uning rejasiga ko‘ra, falastinliklar Isroilni yahudiylar davlati sifatida tan olishi kerak. Isroil esa Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi yirik qishloqlarni saqlab qoladi, biroq besh yil ichida yangi qishloqlar qurmaslik majburiyatini zimmasiga oladi.
AQSh prezidentining ma'lum qilishicha, falastinliklar nazorati ostidagi hudud ikki barobarga oshadi. Biroq bu qanday amalga oshishiga aniqlik kiritilmagan. U mazkur taklifi amalga oshirilishi uchun Falastin iqtisodiyotiga 50 milliard dollar investitsiya jalb etishni va'da qilgan.
Falastin rahbari Mahmud Abbos Falastin xalqi bu rejani qabul qilmasligini bildirib, bu rejani «asr tarsakisi» deb atagan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14
-
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:57
Mavzuga oid

09:00 / 05.07.2025
Radikal isroilliklar Nablus hududidagi o‘nlab daraxtlarni yo‘q qildi

08:45 / 04.07.2025
Isroil 48 soat ichida G‘azoga 26 marotaba hujum qildi

07:48 / 04.07.2025
Arab davlatlari isroillik vazirning G‘arbiy sohil anneksiyasi haqidagi chaqirig‘ini qoraladi

19:39 / 02.07.2025