Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati tanlov asosida ishga qabul e'lon qiladi

Foto: O‘zagrolizing
«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati Ijroiya apparati quyidagi ikkita lavozimga tanlov asosida ishga qabul e'lon qiladi:
1. «Tashqi iqtisodiy aloqalar va aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi» bo‘lim boshlig‘i;
2. «AKT (Axborot kommunikatsion texnologiyalar)ni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis».
«Tashqi iqtisodiy aloqalar va aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi» bo‘lim boshlig‘i lavozimi nomzodlariga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy ma'lumotli, mazkur yo‘nalishda boshqarma va bo‘lim boshlig‘i, uning o‘rinbosari lavozimlarida kamida 5 yillik tajribaga ega bo‘lish;
- Ingliz, rus va o‘zbek tillarida erkin muloqot qila olishi va shu 3 tilda hujjatlarni yurgiza olish;
- Jamiyat aksiyadorlari, Xorijiy hamkorlar, investorlar bilan yig‘ilish va muzokaralar tashkil etish;
- Kuzatuv kengashi va aksiyadorlar bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar uchun kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma'lumotlarni to‘play olishi va bu bo‘yicha Kuzatuv kengashi protokollarini shakllantira olish;
- Jamiyat Boshqaruv tizimida ilg‘or mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqib, korporativ boshqaruv bo‘yicha aniq va asosli takliflar ishlab chiqish va tashkillashtirish;
Hamda shu kabi Tashqi iqtisodiy aloqalar va aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha bilim va tajriba talab etiladi.
«AKT (Axborot kommunikatsion texnologiyalar)ni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis» lavozimi nomzodlariga qo‘yiladigan talablar:
- AKT sohasida oliy ma'lumotga ega, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lgan, o‘zbek va rus tillarini biladigan (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
- Jamiyatdagi mavjud kompyuter va uskunalarga texnik xizmat ko‘rsata olish;
- Dasturiy ta'minotlar o‘rnatish, versiyalarini yangilash, ichki xujjat aylanish tizimini nazorat qilish;
- Jamiyatning rasmiy veb-saytini nazorat qilish, berilgan ma'lumotlarni o‘z vaqtida joylab borish va monitoring qilish.
Nomzodlar hujjatlarini topshirish muddati: 2020 yil 25 yanvargacha;
Hujjatlar qabul qilinadigan manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 42-a uy, «O‘zagrolizing» AJ Bosh binosida.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni olish uchun telefon: +99890 805-40-10
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
-
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 09:37
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
Mavzuga oid

14:49 / 22.04.2024
O‘zbekistondagi yirik lizing kompaniyalaridan biri – “O‘zagrolizing” AJ o‘sishning yangi bosqichini namoyish etmoqda

17:00 / 07.06.2022
O‘zagrolizing - O‘zbekiston lizing bozori yetakchisi xalqaro moliya bozoriga kirib bormoqda

18:47 / 04.12.2020
Bosh vazir sobiq o‘rinbosari Nodir Otajonov yangi lavozimga tayinlandi

17:00 / 29.08.2020