Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda Navoiyning ilk rasmiy devoni yangi nusxasi aniqlandi

Alisher Navoiy qalamiga mansub «Badoye' ul-bidoya» devonining Turkiyada saqlanayotgan oltinchi nusxasi borligi aniqlandi.
Ma'lum bo‘lishicha, qo‘lyozma Navoiy hayotligi davrida mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan qog‘ozga tushirilgan.
Bu haqda O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi bo‘lim boshlig‘i, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov 15 yanvar kungi matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«2019 yilda Istanbulda O‘zbekistonga tegishli madaniy boyliklarni tadqiq etish jarayonida Alisher Navoiy hayotlik davrida – 1485 yilda ko‘chirilgan qo‘lyozmani o‘rganishga muvaffaq bo‘ldik.

Hozirgacha bu devonning 5ta nusxasi fanga ma'lum edi. Biz aniqlagan qo‘lyozma 6-variant – «Istanbul nusxasi» sifatida qayd etildi», – degan Aftondil Erkinovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning aytishicha, Istambulda o‘rganilgan asar Alisher Navoiy hayotligi davrida ko‘chirilgani bilan ham ahamiyatli.
«Alisher Navoiy mazkur qo‘lyozma asarini hayotlik davrida tahrirlagani ham o‘rganishlar natijasida aniqlandi. Bu qo‘lyozma-asarning ahamiyatini yanada oshiradi», – deya qo‘shimcha qildi adabiyotshunos olim.
Ma'lumot uchun, Alisher Navoiyning lirik she'rlari jami 8ta devonga jamlangan. «Badoye' ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi») – shoirning o‘zi tuzgan ilk rasmiy devoni sanaladi. Asar taxminan 1472-1476 yillar oralig‘ida Xuroson shohi Husayn Boyqaroning iltimosi bilan tartib berilgan.
Bunga qadar navoiyshunoslikda ushbu devonning shoir hayotlik davrida ko‘chirilgan Parij, London, Tehron, Boku va Toshkent nusxalari ma'lum edi. Oltita qo‘lyozma 1480–1486 yillar oralig‘ida (muallifning 34-45 yoshlari) kitobat qilingan, ammo ulardagi she'rlar tarkibi farq qiladi. Devon o‘ndan ziyod janrdagi mingdan ortiq she'r (777tasi g‘azal)dan iborat.
Eslatib o‘tamiz, 9 fevralda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi nishonlanadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilning iyuni G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi
Jahon | 12:21
-
«G‘azo bu - fojia»: Tramp va Netanyahu G‘azo masalasida maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 12:20
-
O‘zbekiston MDHning Shaxslarni davlatlararo qidirish shartnomasi bayonnomasini tasdiqladi
O‘zbekiston | 12:12
-
Tramp Putindan noroziligini bildirdi va «kichik syurpriz» va’da qildi
Jahon | 12:04
Mavzuga oid

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi

22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi

10:55 / 06.05.2025